Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Liverpul» tarkibni tozalamoqchi

«Liverpul» tarkibni tozalamoqchi

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Liverpul» tarkibni tozalamoqchi

Angliyaning «Liverpul» jamoasi transfer oynasi yopilishidan avvalroq bir nechta futbolchini transferga qo‘yadi.

"Liverpool Elcho" nashrining ma’lum qilishicha, Yurgen Klopp yangi mavsumda o‘z rejalariga kiritmagan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Sherdan Shakiri, Marko Gruyich, Xarri Uilson, Ben Vudbern va Lorius Kariuslar o‘zi uchun yangi jamoa izlashi shart.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa yosh va iqtidorli hujumchi Rayn Bryusterni ham «Kristal Pelas» yoki «Sheffild»ga qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.

Sokratis bepul ketadi

Angliyaning "Arsenal« jamoasi himoyachisi Sokratis Papastatopulus "koninirlar" bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqida Le Gazzeta Della Sport nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, grek futbolchisi bilan «Napoli» jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Sokratis bilan shuningdek Qatar va Saudiya Arabistoni klublari ham shartnoma imzolash ilinjida

«Chelsi» 4 futbolchini sotuvga qo‘ydi

Londonning «Chelsi» klubi yana bir yarim himoyachini jamoaga qo‘shib olish ilinjida. "Daily Exspress" nashrining ma’lum qilishicha, Frenk «Vest Hem» yarim himoyachisi Deklan Raysni qo‘lga kiritish fikridan qaytgani yo‘q.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa klub Raysni qo‘lga kiritish maqsadida tarkibidagi 4 ta futbolchini sotuvga qo‘yishi mumkin. Unga ko‘ra, Ryudiger, Xudson-Odoi, Bakayoko va Ngolo Kantelar borasida jamoa istalgan takliflar uchun ochiq ekanligini rasman e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «bolg‘achilar» Deklan Rays uchun «Chelsi»dan 75 million yevro talab qilmoqda.

Naingollan «Inter»ga kerami?

Milanning «Inter» jamoasi yarim himoyachisi Raja Naingollan kelasi mavsumni ham «Kalyari» safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

"Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli belgiyalik futbolchi Arturo Vidal klubga kelgach, keraksizga aylandi. Shu sababli, Konte uni yana «Kalyari»ga ijaraga berib yuborishga qaror qildi.

32 yoshli futbolchi ortda qolgan mavsum davomida «a seriya»ning 26 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol yozib qo‘ydi.

Erik Garsiya «Barsa»da?!

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi Erik Garsiya borasida yakuniy qarorga keldi. Unga ko‘ra, klub 19 yoshli himoyachini qo‘lga kiritishni istaganlardan 18 million yevro talab qilmoqchi.

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, «Barselona» Erik Garsiyani sotib olishni reja qilgan, ammo ingliz nashrlari Kataloniya klubining hech qanday rasmiy taklif yubormagani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

"The Sun" nashri bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, Garsiya yana bir mavsum Angliyada qolishni va Pep Gvardiolaning ishonchiga kirishni istamoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:24, 24.09.2020.
O'qildi: 17554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.