«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich koronavirusga chalinganini tasdiqladi.
«Kecha men topshirgan test manfiy natija bergan edi, bugungisi esa — musbat. Hech qanday simptomlar yo‘q. Koronavirus menga qarshi jang qilishga jur’at etdi. Yomon g‘oya», — deya yozdi 38 yoshli futbolchi Tvitter orqali.
Shvesiyalik futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubiga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.