Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Baxtiyor Hamidullayev: «Bugungi g‘alabamizni, jamoamizni g‘alabasini kutgan insonlarga bag‘ishlaymiz»

Baxtiyor Hamidullayev: «Bugungi g‘alabamizni, jamoamizni g‘alabasini kutgan insonlarga bag‘ishlaymiz»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan «Andijon»-«Buxoro» (2:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Aytib o‘tganimdek bugun olti ochkolik o‘yin bo‘ldi. "Buxoro" ham yaxshi jamoa, ularda ham hali imkoniyat ko‘p. Bitta g‘alabamizdan so‘ng bo‘shashiz kerak emas, hali oldimizda ko‘plab o‘yinlar turipti, bu o‘yinlarga ham, xudo xohlasa, yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Bugun Farhod Bekmurodov himoya markazida o‘ynadi, avvaliga Xushnud Avilovni himoya markazida o‘ynatgan edingiz, bugun Farhodni o‘yinini ko‘rib keyingi o‘yinlarga fikringiz o‘zgardimi?
— Farhod Bekmurodovning jamoada o‘z o‘rni bor, Avilov uch o‘yinda himoya markazida maydonga tushdi, menimcha himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Keyingi o‘yinga tarkib boshqacharoq tushsa kerak.

— Penalti masalada gapirmoqchi edim. Avvaliga Siroj Meliyev topni tepish uchun tayyor edi, lekin keyinchalik penaltini Ismonaliyev tepdi. Aslida jamoada penaltini kim tepish kerak edi?
— Penaltini aslida Nodir Mavlonov tepishi kerak edi, undan so‘ng esa Usmonali tepishi kerak edi, Nodir maydonni tark etgani sababli penaltini Usmon tepdi.

— Bilamiz, jamoani legionerlar tark etdi, bu kimning fikri edi?
— Legionerlar ko‘p maosh olishar edi. Rahbariyat ularning o‘rniga o‘zimizning yosh yigitlarni o‘ynatishni qaror qildi.

— Bilasiz, Proliga vakili «Istiqlol» o‘z faoliyatiga yakun yasadi. «Istiqlol» jamoasidan futbolchi olish niyat bormi, masalan Mamazulunov?
— Kechagina bizga shunday xabar keldi. «Istiqlol» futbolchilarini o‘yinlarini ko‘rishga ulgirmadik, bunga to‘g‘risi vaqt ham bo‘lgani yo‘q.

Yana bir narsani aytib o‘tay: Bugungi g‘alabamizni, jamoamizni g‘alabasini kutgan insonlarga bag‘ishlaymiz, sababi g‘alabamizga qarshi insonlar ham bor edi!

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 21:26, 25.09.2020.
O'qildi: 1976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик