Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Bundesliga. "Borussiya Dortmund" mag‘lub bo‘ldi, "Leypsig" durang o‘ynadi

Bundesliga. "Borussiya Dortmund" mag‘lub bo‘ldi, "Leypsig" durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan 26 sentyabr, shanba kungi bir qator o‘yinlar yakunlandi.

Dortmundning «Borussiya»si «Augsburg» maydonida mehmon bo‘ldi va  kutilmagan mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Feliks Uduoxay maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida esa Kalijuri hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Uchrashuv mobaynida bir necha qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan dortmundliklar raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri Leverkuzenda kechdi. Unda «Bayer» jamoasi «Leypsig»ni qabul qildi. 14-daqiqada «buqalar» Emil Forsbergning golidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Kerem Demirbay hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Myunxengladbaxning «Borussiya»si o‘z uyida «Union» bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, «Kyoln» safarda liga debyutanti «Arminiya»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Shtutgart» jamoasi «Mayns» maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytdi.

Bundesliga

2-tur bahslari

26 sentyabr, shanba

«Augsburg» — «Borussiya D» 2:0

Gollar: 1:0 – 40 Uduoxay, 2:0 – 54 Kalijuri.

«Augsburg»: Gikevich, Uduoxay, Gaueleu, Yago, Framberger, Kalijuri, Xedira (Oksford, 63), Grueso (Shtrobl, 90), Xan (Suxi, 90), Niderlexner (Finnbogason, 62), Gregorich (Yensen, 57).

«Borussiya D»: Byurki, Menye (Reyner, 69), Akanji, Hummels, Gerreyru (Brandt, 60), Vitsel (Daud, 83), Jan, Reyna, Bellinghem (Roys, 60), Sancho, Holand.

Ogohlantirishlar: Gregorich (29), Xedira (30), Holand (30), Gaueleu (31), Menye (38), Vitsel (71), Jan (76).

 

Mayns – Shtutgart 1:4 (1:1, 0:3)

Gollar: 1:0 – 13 Kvayson, 1:1 – 45 Vamangituka, 1:2 – 61 Didavi, 1:3 – 80 Klimovich, 1:4 – 86 Kalaydjich.

Mayns – Sentner, Sen-Jyust, Niakate, Brosinski (Burkardt, 82), Baku, Latsa, Barreyro (Oztunali, 69), Boetiyus (Xak, 82), Kvayson, Mateta (Nebel, 86), Onisivo.

Shtutgart – Kobel, Sosa, Kempf, Shtensel, Anton, Endo, Didavi (Kulibali, 82), Mangalya (Klement, 87), Kastro (Klimovich, 74), Vamangituka (Massimo, 83), Kalaydjich (Al-Gaddiui, 87).

Ogohlantirishlar: Niakate (37), Shtensel (52), Mangalya (69), Kastro (74).

Chetlatishlar: Niakate (77), Shtensel (90).

 

Bayer – RB Leypsig 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 0:1 – 14 Forsberg, 1:1 – 20 Demirbay.

Bayer – Gradeski, Tapsoba, Bender (Ta, 58), Bender (Dragovich, 90), Sinkgraven, Demirbay (Amiri, 78), Arangis, Diabi, Virts, Belarabi (Beyli, 78), Shik.

RB Leypsig – Gulachi, Upamekano, Klostermann, Mukiyele, Anxelinyo, Adams, Kampl (Xvan Xi Chxan, 46), Olmo (Xenrixs, 87), Aydara, Forsberg (Nkunku, 66), Poulsen (Serlot, 27).

Ogohlantirishlar: Demirbay (19), Klostermann (45), Aydara (65), Adams (90).

 

Borussiya M – Union Berlin 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 56 Tyuram, 1:1 – 79 Shlotterbek.

Borussiya M – Zommer, Bensebayni, Elvedi, Ginter, Layner, Kramer, Noyxaus (Xerrmann, 85), Shtindl, Xofmann, Tyuram (Vendt, 70), Plea (Volf, 75).

Union Berlin – Lyute, Knoxe, Trimmel (Ryuerson, 73), Lens, Shlotterbek, Bekker (Ingvartsen, 57), Andrix, Byulter (Toyxert, 73), Premel (Grisbek, 88), Fridrix, Avoniyi (Kruze, 58).

Ogohlantirishlar: Bensebayni (11), Trimmel (64), Andrix (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:55, 26.09.2020.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик