Ushbu ruknimizdagi suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Galatasaray» klubi tarixidagi shonli g‘alabalardan esdalik. Xoqon Shukur va Geogri Xaji boshchiligidagi klub 2000 yilda UYEFA Kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.
Qo‘rqmas quruvchilar “Arsenal”ning sobiq arenasi – Xayberining sharqiy tribunasini barpo etishmoqda. Aynan quruvchilar sababli 1936 yilda “Arsenal” uy stadioniga ega bo‘lgan.
Valter Pandiani yodingizdami? Aynan shu futbolchi «Deportivo»ning «Milan»ga qarshi uchrashuvidagi tarixiy g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning golidan so‘ng, ispanlar yana 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan edi.
1978 yilda kamtarin «Osnabryuk» «Bavariya»ni kubok uchrashuvlarini erta tark etishga majbur etgan.
Batistuta Yevropaga tashrif buyurishidan avvalroq «Bomboneru»da shou namoyish etgan.
1966 yil. Angliya terma jamoasi JCHdagi ilk uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oradan 1 oy o‘tgach, Aynan shu jamoa futboli vatani tarixidagi yagona JCH g‘olibligini qo‘lga kiritadi.
1995 yil. “Ayaks” klubida endi porlayotgan Litmanen va Davids. Ulardan biri Gollandiyani tark etib mashhur bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi “Ayaks”nit ark etgani uchun qattiq afsus chekkan.
«Siti»ga katta pullar kelishidan avval ham jamoa o‘z nomiga va tarixiga ega bo‘lgan. 1970 yilda olingan suratda «shaharliklar»ning Angliya chempionligi, UYEFA kubogi va Liga kubogida zafar quchgan tarkibi aks etgan.
Rim Derbisi! Nesta Tottiga qarshi! O‘sha davrlarda Cheskoni boshqachasiga to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmagan.
Afsonalar uchligi! Pushkash va Yashin o‘zining so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan Stenli Metyuzning yolg‘izlatib qo‘yishmagan.