Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Piter Xyuistra: «O‘z mintaqamizda eng kuchli to‘rt jamoa orasiga kirdik»

Piter Xyuistra: «O‘z mintaqamizda eng kuchli to‘rt jamoa orasiga kirdik»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" - "Istiqlol" o‘yinidan keyin matbuot anjumanida toshkentliklar yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra savollarga javob qaytardi.

"Bugungi g‘alabadan juda ham xursandmiz. Biz buni xohlagandik va bunga erishdik. Birinchi bo‘lib gol qo‘yib yubordik, bu bizni biroz qiynab qo‘ydi. Keyinchalik to‘p kiritib vaziyatni o‘nglashni uddaladik va kambekka erishdik. Endi keyingi uchrashuvga tayyorlanishimiz kerak. O‘z mintaqamizning eng kuchli 4 jamoasi safiga kirdik va chorak finalga chiqdik. Buni "Paxtakor" uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham katta muvaffaqiyat deb o‘ylayman.

Bugun "Istiqlol" aynan bizga qarshi boshqa o‘yinlardan ko‘ra tajovuzkorroq o‘ynadi. Bu maydonda ko‘rindi, shu bilan birga ular juda yaxshi o‘ynashganini ham aytib o‘tmoqchiman. Uchrashuvga kirishib ketishimizga 10-15 daqiqa kerak bo‘ldi, chunki "Istiqlol" tajovuzkor o‘yini bilan bizga qarshilik qilishga, qiyinchilik tug‘dirishga urindi. Ularning oxirigacha kurashishganini e’tirof etib o‘tmoqchiman. Bizda ham xatolar bo‘ldi, ayrim vaziyatlarda hisobni kattalashtirish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi, ammo bizga chiroyli yakun yetishmadi. Oldindagi 4 kundan foydalanib keyingi bellashuvga yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz. O‘ylashimcha, biz bugungidan ham yaxshiroq o‘ynay olamiz. Bunga majburmiz, chunki oxirgi 4 jamoa orasida qoldik va qolgan uchrashuvlar yanada qiyinroq bo‘ladi. Aynan shu sabab ham o‘yinimizni yanada yaxshilashimiz zarur. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsad sari asta-sekin boryapmiz, Qatarda ko‘proq o‘yin o‘tkazishni xohlaymiz.

O‘yin davomida Suyunovdan ko‘ra murabbiylar ko‘proq asabiyroq bo‘lishdi deb o‘ylayman. To‘g‘ri, jarima zarbasida Eldor o‘zini yaxshi ko‘rsata olmagandir. Lekin, undan oldin 7-raqamdagi o‘yinchi (Diabate) u bilan birga-bir chiqqanida katta seyvni amalga oshirdi va jamoamizni qutqarib qoldi. Bundan tashqari, bir necha bor to‘p jarima maydonchamizga havodan oshirib berilganida ishonchli o‘ynadi va raqib hujumlarini yo‘qqa chiqardi. Eng muhimi bizning keyingi bosqichga o‘tganimiz.

Futbolchilar jismoniy taraflama juda yaxshi holatda. Oldimizdagi 4 kundan foydalanib tezroq tiklanish va keyingi o‘yinga yanada yaxshiroq holatda bo‘lishlari uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu tarafdan albatta ishlashda davom etishimiz shart, lekin o‘yinchilarning holatidan qo‘rqmaymiz, ular jismonan yaxshi holatda", — dedi murabbiy.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:40, 27.09.2020.
O'qildi: 5744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.