Yarim himoyachi Jek Uilshir Londonning «Vest Xem» klubini tark etishga tayyor ekanligi haqida The Telegraph xabar tarqatmoqda.
Uilshir ikki mavsum mobaynida "Vest Xem" tarkibida jarohati sababli, bor-yo‘g‘i 837 daqiqa harakat qildi.
Uilshirning «Vest Xem» klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi, biroq, «bolg‘achilar» futbolchi bilan shartnomani muddatdan oldin bekor qilishga tayyor.