Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Paxtakor»ning 2 futbolchisi va Aziz G‘aniyev OCHL 1/8 finalining eng yaxshilari qatoridan joy oldi

«Paxtakor»ning 2 futbolchisi va Aziz G‘aniyev OCHL 1/8 finalining eng yaxshilari qatoridan joy oldi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol Konfederasiyasi (OFK) matbuot xizmati Opta tahlillari asosida OCHL 1/8 final o‘yinlarining eng o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Undan «Paxtakor»ning ikki futbolchisi o‘rin oldi: Eren Derdiyok va Sardor Sobirxo‘jayev. Shveysariyalik futbolchi «Istiqlol»ga qarshi bahsda gol muallifiga aylangan bo‘lsa, Sobirxo‘jayev o‘sha uchrashuvda 70 marotaba muvaffaqiyatli uzatma amalga oshirgan.

Shuningdek, «Shabob al-Ahli»ning o‘zbekistonlik legioneri Aziz G‘aniyev ham eng yaxshilar qatorida qayd etilgan.

OCHLning hafta o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati bilan tanishing:

— Isa Alkasir («Persepolis») — «As-Sadd»ga qarshi o‘yinda gol va 10 ta muvaffaqiyatli uzatma;

— Eren Derdiyok («Paxtakor») — «Istiqlol»ga qarshi o‘yinda gol va 7 ta muvaffaqiyatli uzatma;

— Sardor Sobirxo‘jayev («Paxtakor») — «Istiqlol»ga qarshi o‘yinda 70 ta muvaffaqiyatli uzatma;

— Avad al-Faraj («An-Nassr») — «At-Tovun»ga qarshi o‘yinda 52 ta muvaffaqiyatli uzatma;

— Hamid Lak («Persepolis») — «As-Sadd»ga qarshi o‘yinda 3 ta seyv va 16 ta muvaffaqiyatli uzatma;

— Azizjon G‘aniyev («Shabob al-Ahli») — «Al-Ahli»ga qarshi o‘yinda gol va 83 ta muvaffaqiyatli uzatma;

— Abdulmajid as-Sulayhim («An-Nassr») — «At-Tovun»ga qarshi o‘yinda 58 ta muvaffaqiyatli uzatma;

— Santi Kasrola («As-Sadd») — «Persepolis»ga qarshi o‘yinda 64 ta muvaffaqiyatli uzatma;

Ayni vaqtda OFK rasmiy saytida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:12, 28.09.2020.
O'qildi: 4538 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик