Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

MLSning eng qimmat futbolchilari (Top 10)

MLSning eng qimmat futbolchilari (Top 10)

Baho:
+1 | -

Stadion.uz okean ortidagi chempionatda to‘p suruvchi eng qimmat futbolchilar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tadi.

10-o‘rin. Alexandro Posuyelo – «Toronto»

Transfer narxi: 8 million yevro

«Genk» klubida 4 mavsum o‘tkazgan ispan, o‘z hayot tarzini o‘zgartirishga va yaxshigina pul ishlab olishga qaror qildi. Kanadaga oilasi bilan ko‘chib kelgan futbolchi Saudiya Arabistoniga ravona bo‘lgan Jovinkoning o‘rnini to‘ldirdi. «Toronto» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan futbolchi bugungi kunda qadar klub safida 43 bor maydonga tushdi. Uning hisobida hozirga qadar 17 ta gol va 13 ta assist mavjud. Ayni damda, Alexandro 29 yoshda. Uning «Toronto» bilan yana ikki yillik shartnomasi mavjud.

9-o‘rin. Alan Pulido – «Sporting Kanzas Siti»

Transfer narxi: 9 million yevro

Meksikaning «Tigeres» jamoasida ajoyib to‘rtta mavsum o‘tkazgan futbolchi tez orada Yevropaga ketishi bashorat qilingan edi, biroq bu sayohat ko‘ngilsizlik bilan yakunlandi. «Olimpiyakos»da o‘zini yo‘qotib qo‘ygan hujumchi ortga qaytib ketishdan boshqa chora topa olmadi. Keyin «Gvadalaxara» safida bir mavsum ajoyib o‘yin namoyish etdi. Mavsum so‘nggi esa, MLS klubi bilan shartnoma imzoladi.

Hozircha start ajoyib. MLSda 10 ta o‘yin 4 ta gol va 4 ta assist. 30 yoshli futbolchi o‘zini AQSHda qayta kashf etmoqda shekilli?!

8-o‘rin. Brayn Rodriges -  “Los-Anjeles”

Transfer narxi:9,5 million yevro

Ushbu ro‘yxatimizdagi eng iqtidorli futbolchilardan biri bilan tanishing. Urugvayning «Penyarol» klubi tarbiyalanuvchisi 2019 yilda “Los-Anjeles” bilan shartnoma imzolaydi.

Uning Urugvay terma jamoasidan chaqiruv olishi transfer summasining kattalashib ketishiga ta’sir ko‘rsatgani rost. Hatto, «Milan» klub rahbarlari futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazishga ham ulgurdi. Uni tez orada Yevropa klublarida ko‘rsak, ajab emas.

7-o‘rin. Rudolf Pissaro – «Inter Mayami»

Transfer narxi:10 million  yevro

Devid Bekxem Meksika terma jamoasi a’zosi uchun pulni ayab o‘tirmadi va MLS miqyosidagi top transferni amalga oshirdi. Pissaro yangi jamoasida tezda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

Endigina 9 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsada,uning hisobida allaqachon 2 ta gol va 4 ta assist mavjud.

26 yoshli futbolchi bilan qiziqib qolgan klublar juda ko‘p. Ayniqsa, yangi mavsumda sermahsullik ko‘rsatayotgani uning Yevropada ko‘rinish berish imkonini oshirmoqda.

6-o‘rin. Ezikel Barko – “Atlanta Yunayted”

Transfer narxi:10,5 million yevri

Argentinalik futbolchi uchun “Atlanta” MLS rekordini yangiladi. 15 million yevro evaziga xarid qilingan futbolchi mavsumning birinchi qismini jarohat sababli o‘tkazib yubordi, ammo keyin uni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi.  

Barko 2019 yilda MLSning eng kuchli yosh futbolchisi nominasiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ikki mavsum davomida futbolchi MLS dagi deyarli barcha sovrinni boshi uzra ko‘tardi. Xerardo Martino va Frank De Burlar qo‘l ostida to‘p tepgan futbolchi bilan bugungi kunda Yevropaning grand jamoalari qiziqib qolgan.

5-o‘rin. Kristian Pavon – “Los Anjeles Gelaksi”

Transfer narxi:11 million yevro

«Boka Xuniors»dagi ajoyib mavsumlardan so‘ng, Pavon kutilmaganda MLSga yo‘l oldi. Boz ustiga, muammolar o‘chog‘ida qolgan “Los-Anjeles Geleksi” bilan shartnoma imzoladi.

O‘z vaqitda Robbi Kin, Devid Bekxem va Donovan singari futbolchilar to‘p surgan klub endi aynan Pavonga ishonch bildirmoqda.

Qahramonimiz 24 yoshda va allaqachon terma jamoadan chaqiruv oldi.

O‘tgan mavsum yakunida u bilan “Ayaks” va «Bordo» klublari qiziqish bildirgan edi, ammo futbolchining o‘zi AQSHda qolishni Aafzal ko‘rdi.

4-o‘rin. Jozef Martines – “Atlanta Yunayted”

Transfer narxi: 14 million yevro

Martinez bugungi kunda MLSning eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lib turibdi. Yevropadagi faoliyatini Shveysariya klublarida boshlagan futbolchi aytarli hech qanday natijaga erish olmadi. «Yang Boyz», «Torino»dagi omadsizliklardan so‘ng, qahramonimiz MLSga ravona bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, iqlimning o‘zgarishi unga juda katta yordam berdi.
Venesuelalik hujumchi yangi jamoasi safida 103 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 90 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, uning hisobida 12 ta assist ham mavjud. Uni MSLda «gol mashinasi» deb atashadi.

Qahramonimiz MLS klublarining transfer nishonida bo‘lishga qaramay, “Atlanta” uni hech qayerga qo‘yib yubormayapti. 27 yoshli futbolchining o‘zi ham Yevropaga qaytmoqchi emas.

3-o‘rin. Karlos Vela – “Los Anjeles”

Transfer narxi:15 million yevro

2005 yildagi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida porlagan futbolchi “Arsenal” bilan shartnoma imzolaydi. Afsuski, futbolchi Angliyada istiqomat qilish huquqini qo‘lga kirita olmadi. Shu bois, «to‘pchilar» uni ijaraga berishni boshlay yuboradi. Naqd 4 mavsum turli klublarda ijara asosida to‘p tepgan Vela 2017 yilda MLSga ketishga qaror qiladi. Martines singari Velaga ham mashhurlik AQSH maydonlarida nasib etdi. Vela mana 4 yildirki butun MLSning yuzi sanaladi. Yangi tuzilgan klub safida 72 bor maydonga tushgan futbolchining hisobida 57 ta gol va 23 ta assist mavjud. Shunchaki, fantastik natija!

2-o‘rin. Gonsalo Iguain – «Inter Mayami»

Transfer narxi:15 million yevro

Iguainning futbolchilik faoliyatiga turli ko‘z bilan boqish mumkin. Kimdir uni abadiy omadsiz deb hisoblasa, yana kimlar uchundir u «eski maktab» a’zosi. Yana kimlardir uni kuchli beshlik yuzlab gol kiritgan futbolchi deb hisoblaydi. Ayni damda, Iguain o‘z klubi safidagi eng katta maosh olayotgan futbolchilardan biri sanaladi.

1-o‘rin. Diyego Rossi – “Los-Anjeles”

Transfer narxi:18 million yevro

Urugvaylik futbolchi «Penyarol» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Ko‘plab dunyo yulduzlarini yetkazib bergan klub a’zosi 2017 yilda Karlos Vela bilan birgalikda “Los Anjeles” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Hujumdagi universal futbolchi allaqachon almashtirib bo‘lmaslar qatorida tilga olindi. E’tiborlisi shundaki, u terma jamoadan ham muntazam chaqiruv olmoqda. 22 yoshli futbolchini o‘tgan mavsumda RPL klublari qo‘lga kiritmoqchi edi, ammo Rossi AQSHda qolishni Aafzal bildi.

Ayni damda, uning hisobida 48 ta gol va 18 ta assist mavjud. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natijalardan biri bo‘lib turibdi. Transfermarket portali bergan ma’lumotlarga qaraganda, MLSdagi eng qimmat futbolchi Diyego Rossi sanaladi.

P.S Shuningdek, Chicharito, Lokadia, Matyudi,  va Vanyamalar ham ushbu chempionatda to‘p surmoqda, biroq ularning transfer summasi pastroq

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:55, 29.09.2020.
O'qildi: 6455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.