O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin Italiyaning Biyella shahrida o‘tkazilayotgan “Chellenjer” turnirida o‘z ishtirokini boshladi. E’tiborlisi, hamyurtimiz restartdagi ilk matchida g‘alaba qozondi.
Ukrainalik Ilya Marchenko qarshi kechgan bahsda Denis 7:6, 6:2 hisoblarida ustun keldi. Uchrashuv 1 soat, 50 daqiqa davom etdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin hamyurtimiz o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha farqni 3:4 ko‘rinishiga keltirdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda hamyurtimiz jahon tasnif jadvalining 169, Marchenko esa 210-pog‘onasida turibdi. Istominning ikkinchi davrada Lorensi/Napolitano o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.