Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Arsenal” Genduziga klub izlamoqda

Londonning “Arsenal” jamoasi Matteo Genduzi uchun yangi jamoa izlashda davom etmoqda.

“Footmercato” nashrining ma’lum qilishicha, yarim himoyachi tez orada «Marsel» bilan shartnoma imzolaydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transfer haqida rasmiy ma’lumot hafta so‘nggida e’lon qilinadi.

«Qizil  iblislar» ikkinchi omadsizlikka uchradi

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi transfer oynasida ikkinchi omadsizlikka uchradi.

«Sky Sport» nashrining ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmagach, bor e’tiborini Usman Dembelega qaratgan edi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Dembele ham «qizil iblislar»ning taklifini rad etdi.

«Zenit»ga Errera kerak

Rossiyaning «Zenit» klubi “Atletiko Madrid” klubi yarim himoyachisi Ektor Errara bilan shartnoma imzolash niyatida.

AS nashrining ma’lum qilishicha, 30 yoshli futbolchi bilan rus klubi jiddiy qiziqib qolgan. Manbaning ma’lum qilishicha, Ektor klub Lukas Torreyra bilan muzokara olib borayotganidan norozi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Zenit» allaqachon rasmiy taklif yuborgan.Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Lemardan kutilmagan yurish

 

Madridning “Atletiko” jamoasi yarim himoyachisi Toma Lemar faoliyatini «Bavariya»da davom ettirishi mumkin.

«Bild» nashrining ma’lum qilishicha, Myunhen klubi Lemarni sotib olish sharti bilan ijaraga olish niyatida.

Fransuzning o‘zi ham klubi tark etishga qarshi emas, biroq “Atletiko” o‘z futbolchisi borasida yakuniy qarorga kelganicha yo‘q.

Yovich APLda?!

Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovich faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

AS nashrining ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» serbni bir mavsumga ijaraga olish niyatida. Hozircha, taklifning boshqa jihatlari haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Luka ortda qolgan mavsumda «La Liga»ning 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

«Milan»ga qit’adoshimiz kerak

Milanning «Milan» jamoasi «Balonya» klubi himoyachisi Takaxiro Tamiyaso bilan qiziqib qoldi.

“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, «rossonerilar» yaponiyalik futbolchi uchun 25 million yevro sarf etishni rejalashtirmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchining o‘zi ham Milanga ko‘chib o‘tish ishtiyoqida yonmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 30.09.2020.
O'qildi: 11308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.