Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Dilyaver Vaniyev: "Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz"

Dilyaver Vaniyev: "Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

Superliga 18-turdan o‘rin olgan "Nasaf" - "Mash’al"(4:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin haqida biror fikr bildirishim qiyin. Biror bir so‘z ham topa olmayapman. Ha, mag‘lubiyatga uchradik. To‘rtta gol, albatta, ko‘p. Men tomon tanqidlar yog‘ilishi tabiiy. Na iloj, bosimga dosh berishga harakat qilamiz. Oldinda FIFA kunlari sababli tanaffus yuzaga kelmoqda. Yigitlar bilan hotirjam o‘tirib gaplashib olamiz. "Nasaf" har jabhada tezkorlik bilan harakat qildi, futbolchilarimizni noqulay ahvolga solib qo‘ydi. Demak, men jamoani o‘yinga yaxshi tayyorlay olmaganman",- deydi Vaniyev.

- Humoyun Murtazoyev va Sardor Abduraimov o‘tgan mavsumda "Nasaf" safida yorqin o‘yin ko‘rsatishdi. Bu mavsum boshida esa "Bunyodkor"ga ijaraga berildi va ular bu jamoada o‘z o‘yinlarini yo‘qotib qo‘yishdi. Unda nima uchun "Nasaf"dan qaytarib olindi ular?

- Bu savolni rahbariyatga berganingiz ma’qul. Sardor yomon taassurot qoldirmayapti. Humoyunda esa jarohat bor.

- Legionerlar qay darajada ishonchni oqlamoqda?

- O‘rtacha, degan bo‘lardim. Bundan ham yaxshiroq o‘ynashni istaymiz.

- "Mash’al"da barqarorlik ko‘rinmayotgandek. Jamoani mavsum yakunida nechanchi o‘rinda tasavvur qilyapsiz?

- Yuqori o‘rinlar uchun intilamiz. Lekin, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Oldindan biror narsa deb bo‘lmaydi. Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Futbolchilar oldiga doim maksimal vazifani qo‘yamiz.

- Matbuot anjumanida sizni ensangizni qotiradigan savollarni ayta olasizmi?

- Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Hamma savollar yaxshi. Faqat, ikkinchi turda "Bunyodkor" bilan o‘yinda bir yoshi katta kishi Superligada qolasizlarmi degan savol bergan va shunga yarasha javob qaytargan edim.

Manba: "Машъал" матбуот хизмати
Kiritildi: 09:46, 03.10.2020.
O'qildi: 1635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.