Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ro‘ziqul Berdiyev: «Birinchi gol o‘tkazgan bo‘lsak-da, o‘zimizni yo‘qotib qo‘ymadik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Birinchi gol o‘tkazgan bo‘lsak-da, o‘zimizni yo‘qotib qo‘ymadik»

Baho:
+ | -

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan «Nasaf» — «Mash’al»(4:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Muxlislarni va futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz himoyadan o‘yinni to‘g‘ri tashkil qiladigan jamoa edi. Ular beshta himoyachi bilan o‘ynashini kutgan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Yigitlarni bugungi uchrashuvga ruhan va taktik jihatdan puxta tayyorlashimiz talab etilardi. Shunga qaramasdan biz ko‘p vaziyatlarni yarata oldik. Bu hisobda ham aks etib turibdi. Nima uchun ruhiy tomondan tayyorlashimiz kerak edi, raqib beshta himoyachi bilan o‘ynardi. Shu bois yigitlardan shoshilmaslikni va asabiylashmaslikni so‘radik. Qo‘pol xato evaziga birinchi golni o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, o‘zimizni yo‘qotib qo‘ymadik. Vaziyatlarni golga aylantirdik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

- Bobir Abdixoliqov gollar urmoqda. Lekin, 11 metrlik nuqtadan gol urishda tajribasi yetishmayotgandek...

- Penalti tepishda ko‘proq sovuqqonlik kerak. Buni yigitlarga ko‘p o‘rgatamiz. Ko‘proq bu ruhiy holatga bog‘liq. Bugun penaltini Sharof tepishini yigitlardan so‘ragan edim. Ammo yigitlar bu vazifani Bobirga topshirishdi. Muhimi g‘alaba qozondik. Bobir bugun ikkita gol urib to‘purarlar qatorida yuqoriga chiqib oldi.

- Oybek Bozorovning jarohati qay darajada jiddiy?

- U bizning asosiy futbolchimiz. Oybekning yo‘qligi bilinyapti albatta. Hujum chizig‘idagi yetakchi o‘yinchilarimizdan biri hisoblanadi. Terma jamoadan ham chaqiruv olgan. Bugun harakat qilgan Husayn Norchayev ham gol urib jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Oybek mashg‘ulotlarda og‘riq sezgani uchun tavakkal qilishni istamadik. «Navbahor» bilan o‘yinda ham zaxiradan maydonga tushdi, lekin foydasi tegmadi. Kechagi va avvalgi mashg‘ulotlarda jarohati bezovta qilgani uchun uni bugun qaydnomaga ham kiritmadik.

- Shifokorlar bu borada qanday fikr bildirishmoqda?

- Hozir ham shuni so‘radim. Oldinda tanaffus bor. Biz uchun bari yaxshilik bilan tugaydi deb o‘ylayman. Tanaffus davrida uni davolab safga qaytarishga harakat qilamiz.

- Dilshod Rahmatullayev bugun asosiy tarkibda tushmadi?

- Avvalgi o‘yinlarda maydonga tushgani uchun bugun rotasiyalarga qo‘l urdik. Hamma futbolchilarimiz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turishi kerak. Dilshod avvalgi ikki uchrashuvda ishonchli o‘yin namoyish etgan edi. Shunchaki, bugun Akmal Mozgovoyga imkoniyat berishga qaror qildik.

- Faysal Traore bugun ko‘rinish bermagani nima bilan bog‘liq?

- Faysalning belida kichik jarohati bor. Bu narsa «Navbahor» bilan o‘yindan oldin yuz bergan. Hozirda u ham jarohatini davolash bilan band.

- «Nasaf» jamoasining futbolchilari maosh olmayotganligi bilan bog‘liq gaplar tarqalgan edi. Viloyat hokimi bilan uchrashuvda nimalar muhokama qilindi, qaysi futbolchilarni olib qolish masalasi ko‘tarildi?

- Viloyat hokimimiz Zoir Toirovichni klubimizdagi ishlardan xabari bor. Ularni o‘zlari tashabbus ko‘rsatib yordam berishga kirishdilar. Albatta, bu masalalar o‘z yechimini topadi degan umiddaman. Shartnomasi tugaydigan futbolchilar bilan kelishuvni uzaytirish taklifini bildirdim. Chunki, yaxshi bilasizlar asosiy tarkibimizdagi to‘rt nafar futbolchining shartnomasi tugayapti. Ular bilan shartnomani uzaytirishimiz kerak.

- Shartnomasi tugayotgan futbolchilardan kimlarga boshqa jamoalardan takliflar bor?

- Jamoamizdagi barcha futbolchilariga takliflar bo‘lishi tabiiy. Albatta, jamoamizni kuchsizlantirishni istamaymiz. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

- Shogirdingiz Aziz G‘aniyevning xorijdagi faoliyati haqida nima deya olasiz?

- Ko‘rib xursand bo‘lyapmiz. Avval ham aytgandim, Aziz o‘z jamoasining yetakchi futbolchisi bo‘la oladi. Bunga uning qobiliyati ham, xarakteri ham yetadi. Unga ishonaman. Azizning, Odilning OCHLdagi o‘yinlarini ko‘rib xursand bo‘ldik.

Manba: "Насаф" матбуот хизмати
Kiritildi: 09:49, 03.10.2020.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.