Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Liverpul», «Barsa», «Real» va boshqa grandlarning 15 yil avvalgi asosiy tarkibi qanday edi?

«Liverpul», «Barsa», «Real» va boshqa grandlarning 15 yil avvalgi asosiy tarkibi qanday edi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz 15 yil avval grand klublarning asosiy tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘lgani bilan qiziqdi. Ushbu ro‘yxat tabiiy chiqishi uchun, “FIFA 06” simulyatoridan foydalandik. 2005 yilning kuz oyida sotuvga chiqqan o‘yin yordamida klubning asosiy tarkibida kimlar to‘p surganini bilib olishimiz mumkin.

«Chelsi»

O‘sha yili Joze Mourinyo boshchiligidagi «Chelsi» APLda o‘zining yaqqol peshqadamligini o‘rnatgan edi. Lempard va Terri atrofida qurilgan jangovar tarkib London klubi uchun milliy birinchilikda g‘olib chiqishni uddalay olgani e’tiborga molik. Negadir «Chelsi»ning asosiy tarkibidan Drgoba va Rikardo Karvalyolar o‘rin egallamagan. Vaholanki, bu futbolchilar ham «Chelsi»ning g‘alabasi uchun katta hissa qo‘shgan edi.

«Manchester Yunayted»

«Qizil iblislar»ning tarkibi ham chakki emas. Ayniqsa, maydon markazidagi Kin va Skouls tandemi kishi ko‘zini qamashtiradi. Shuningdek, Rud Van Nistelroy va Roni tandemi ham e’tiborga molik. Yosh Ronalduning tarkibda ekanligi esa, jamoaning naqadar qudratga ega ekanligiga dalolat.

“Arsenal”

London klubining bu tarkibi 2006 yildagi YECHL finalida ishtirok etgan, biroq alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan edi. Afsuski, bu tarkib klub tarixidagi eng kuchlisi sifatida qolmoqda. 2003/04-mavsumdagi «engilmas» jamoaning o‘zagi Anri, Berkamp, Pires, Jilberto, Koul, Yunberglar tarkibda. Kelajakda jamoa o‘zagiga aylangan Van Persi va Fabregaslar esa zaxira o‘rindig‘ida qolgan.

«Liverpul»

Amaldagi YECHL sohiblarining tarkibi u qadar yorqin emas. Sisse va Moriyentoslardan tashkil topgan tandem «Liverpul»da aytarli hech qanday natija ko‘rsata olmagan. Traore va Stiv Finnan esa, ushbu tarkibda eng kamtarin futbolchilar, biroq markazdagi Jerrard va Alonso juftligi haqida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Aynan shu yigitlar sababli, «Liverpul» bundan 15 yil ilgari Istanbuldagi finalda g‘alaba qozongan edi.

«Manchester Siti»

Bundan 15 yil ilgari «shaharliklar» o‘z tarkibi bilan maqtana olmasligi shundoqqina ko‘rinib turibdi. Darvozabon Jeymsni inobatga olmasa, qolgan barchasi o‘rtamiyona futbolchilar.

«Lion»

2005-06 yillarda ham «Liga 1»da g‘olib nomi ancha avval ma’lum bo‘lar edi. Bugungi kunda Fransuz futbolining bayroqdori PSJ bo‘lsa, 15 yil ilgari bu maqom «Lion»ga tegishli edi. Tarkibga e’tibor qarating! Darvozada Kupe! Markazda yosh Diara va Junino tandemi. Qanotlarda Govu va Maluda. Markazda Viltor va Jon Karyuv. Bu yigitlar yordamida «Lion» naqd 7 bor ketma-ket «Liga 1» oltin medallarini qo‘lga kiritgan edi.

«Barselona»

Bundan 15 yil ilgari «Barselona»da Ronaldinyo erasi o‘zining eng pik nuqtasiga ko‘tarilgan edi. Xavi va Inyestalar hali katta sahnaga chiqmagan, Pike esa umuman boshqa klub sharafini himoya qilayotgan edi. Ushbu tarkib yordamida Kataloniya klubi uzoq kutilgan sovrin – Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni uddalagan. Zaxira o‘rindig‘ida qolgan Messi esa, bir necha mavsumdan so‘ng Ronaldinyodan asosiy yulduz «maqomini» tortib oladi.

«Real Madrid»

Avlodlar almashinuvini boshidan o‘tkazayotgan «Real Madrid» tarkibiga e’tibor qarating. “FIFA 06” rahbarlari negadir Madrid klubining asosiy hujum quroli Raul va Ouyenni zaxirada qoldirishni afzal ko‘rgan. Pavon, Graverson, Baptista singari futbolchilar tarkibda bo‘lgani bois bu tarkibni «galaktikos» deb bo‘lmaydi. Shunga qaramay, Zidan, Bekxem, Karlos va Kasilaslarning tarkibda ekanligi e’tiborga molik.

«Bavariya»

15 yil avvalgi «Bavariya» tarkibidagi futbolchilar yodga olish oson emas. Iqtidorli sanalgan Ismayel va jarohat sababli butsalarini erta mixga ilib yuborgan Daysler. Muhim gollarni kiritsada, super futbolchi maqomini qo‘lga kiritmagan Makkay. Shuningdek, katta futbolga dadil qadamlar bilan kirib kelgan Ballak va Lamning tarkibda ekanligini ham unutmaslik lozim. Jamoa sardori Oliver Kan, markazda Lusio, tayanch yarim himoyasidagi Ze Robertolar Myunhen klubining asosiy figuralari edi. Ushbu «Bavariya»ga o‘sha yillari ham Bundesligada teng keladigan raqib topilmagan.

«Yuventus»

Turin super klubining «B Seriya»ga tushib ketishidan avvalgi eng kuchli tarkibiga e’tibor qarating. Jamoa pastga qulagach, bu tarkibdagi ko‘plab futbolchilar boshqa jamoalarga o‘tib ketadi. Ibrahimovich, Kannavaro, Zambrotta, Viyera, Emerson, Tyuramlar shular jumlasidan.

«Milan»

«Rossonerilar» tarixidagi eng kuchli tarkib desak, adashmagan bo‘lamiz. «Milan» muxlislari balki bu yigitlarga razm solib yaqin o‘tmishdagi shonli tarixni yodga olgan bo‘lsa, ajab emas.

To‘xtatib bo‘lmas Shevchenko, Kaka, fantazista Pirlo, karkidon – Gattuzo, himoyada mister ishonch – Nesta va abadiy sardor Maldini!

«Inter»

15 yil ilgari Milan shahrining boshqa klubi asosiy urg‘uni tajribali futbolchilarga qaratgan edi. Hujum chizig‘ida esa, kelajagi porloq sanalgan Adriano va Martins tandemi. Zaxira o‘rindig‘ida esa, Luish Figu va «Inter» afsonasi Alvaro Rekobalar o‘rin egallagan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:24, 04.10.2020.
O'qildi: 14734 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.