Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Yuventus» kecha Turinda Sirk namoyish etdi

«Yuventus» kecha Turinda Sirk namoyish etdi

Baho:
+ | -

Stadion.uz kecha Turinda bo‘lib o‘tgan voqeaga oydinlik kiritadi.

Kecha tunda e’lon qilingan xabarlarni o‘qigan bo‘lsangiz kerak.

•  «Napoli»ning ikkita futbolchisida Koronavirus aniqlandi. Zelinski va Elmas uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

•  Shunga qaramay, «Napoli» «Yuve»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish uchun sog‘liqni saqlash organlari uchun iltimosnoma yubordi. Shu yo‘sinda klub manfiy test javobiga ega futbolchilar bilan maydonga tushmoqchi edi.

•  Kutilmaganda, ASL «Napoli»ga uchrashuvda maydonga tushishga ruxsat bermadi, ammo Neapol klubi allaqachon yo‘lda edi.

•  Liganing qonunlariga ko‘ra uchrashuv boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin edi, ammo buning uchun mahalliy hokimiyat uchrashuvga ruxsat bermasligi lozim. Liga esa, o‘z ijtimoiy tarmoqlarida o‘yin albatta bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi. Endi jamoalar aytilgan vaqtda maydonda bo‘lishi lozim!

•  «Napoli» maydonga chiqmadi. «Yuventus» esa, barchasini bilib tursada o‘yin oldi qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning barchasini amalga oshirdi.

Avvaliga Twitter Turin klubi asosiy tarkibni e’lon qildi.

Keyin butun jamoa stadionga tashrif buyurdi.

Hatto muxlislarni uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga ham kiritishdi.

Bu paytda “A Seriya”ning "Twitter"dagi rasmiy sahifasida uchrashuv haqida qiziqarli statistikalar ko‘rsatilgan surat e’lon qilindi. Jamoalarning 4 ta o‘yindan beri bir-birining darvozasini ishg‘ol etayotgani ma’lum qilindi.

Bu orada muxlislar stadionni to‘ldirishni boshlashdi. Uchrashuv boshlanishiga 46 daqiqa qolganda limit bo‘yicha barcha o‘rindiqlar band edi. Turinlik muxlislar «Napoli»ning maydonga chiqishini kuta boshlashdi.

Buffon esa, o‘z faoliyatida ilk bor to‘qnash kelayotgan vaziyatida norozi kayfiyatda ekanligini yashirib o‘tirmadi.

«Yuventus»ning uy arenasida jamoalarning asosiy tarkiblari e’lon qilindi. Translyasiya rejissyorlari uchrashuvni suratga olishni boshla yuborishdi.

«Keksa sinyora» stadionga yetib kelib, hatto asosiy tarkibni e’lon qildi. Ammo neapolliklar o‘yinga tashrif buyurishmadi. Neapol shahri hukumati tibbiy nuqtai nazardan jamoaning mazkur o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat bermadi.

Klub bugun tushdan keyin bayonot berib, «Napoli» mamlakat bo‘ylab xavfsiz harakat qila olmasligini ma’lum qilgan edi. A seriya esa «Napoli»ning «Yuventus»ga qarshi o‘yinda ishtirok etish imkoniyati cheklanganini isbotlay olmasligini ta’kidladi.

Endi reglamentga ko‘ra, turinliklarga texnik g‘alaba yozilishi kerak, lekin A seriya protokoli bunday holatlarda sog‘liqni saqlash organlari yoki hukumatga istisno qilish imkonini beradi. Shuning uchun, «Napoli»ga texnik mag‘lubiyat yozilsa, jamoa bu qaror ustidan shikoyat kiritadi.

"Reppublica" nashrining ma’lum qilishicha, «Napoli» ushbu voqea borasida appelyasiyaga murojaat etmoqchi.

Bu orada, o‘yinni tasvirga olish uchun tashrif buyurgan tasvirchilar ishga kirishib ketishdi. Afsuski, bu voqeadan so‘ng, “A Seriya”ning obro‘siga jiddiy putur yetdi. Yevropaning ko‘plab nashrlari bugundan boshlab musobaqa tashkilotchilarini turli hazillar bilan ko‘mib tashlamoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:32, 05.10.2020.
O'qildi: 18883 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.