Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bartameuning kulgili transfer siyosatiga nazar

Bartameuning kulgili transfer siyosatiga nazar

Baho:
+ | -

Stadion.uz Xosepning  g‘alati transfer kompaniyasi haqida fikr almashadi. Katta ehtimol bilan, bu kompaniya Bartameu uchun so‘nggisi bo‘ladi. Shu bois, unga e’tibor qaratishingizni istadik. 

PSJga qarshi urush

Achinarlisi shundaki, «Barselona» o‘z yulduzlarini tekinga qo‘yib yuboruvchi super klubga aylanib qoldi. Misol uchun Rafina transfer oynasining so‘nggi kunida 0+3 ko‘rinishida PSJga qo‘yib yuborildi. Ushbu 3 million yevro ham agar Parij klubi Rafinani sotsagina qo‘lga kiritilishi mumkin. Aks holda, jamoa Tyagoning ukasini bepul qo‘yib yuborgan bo‘ladi.

Vaholanki, Kataloniya klubi o‘z vaqtida «Selta»ning 10 million yevrolik taklifini rad etgan edi. Endi esa, maoshdan tejab qolish maqsadida uni deyarli tekinga qo‘yib yubordi. Achinarlisi shundaki, Rafinaning o‘zi klubda qolishni maqsad qilgan edi, biroq Kataloniya jamoasi vaziyatdan chiqib ketish uchun uni qo‘yib yubordi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Parij klubi «Barselona»ning Evropa arenalaridagi eng asosiy raqibiga aylanib bormoqda. Bu kurash shuningdek, Qatarda ham uzoq davom etdi. Investorlarning ayrimlari «Barselona»ga homiylik qilishni tavsiya etgan bo‘lsa, qolganlar o‘z proyekti bo‘lishini istadi. yakunda Parij klubi foydasiga qaror qabul qilindi.

Ko‘p o‘tmay jamoalar o‘rtasidagi «urush» boshlandi. Avvaliga Tyago Silva uchun kechgan bahsda Parij klubi moliyaviy qudratini namoyish etdi. Keyin esa, atayin Rabio, Markinyos va Verattilar bilan muzokaralar o‘tkazishga imkon qoldirmadi. Vaholanki, bu futbolchilar Parijni Kataloniyaga almashtirish niyatida edi.

Urushning Parij klubi uchun g‘alaba bilan yakunlangani aniq. Sababi, jamoa «Barsa»ning kelajagi deb ta’riflangan Xavi Simonsni «La Masiya»dan sug‘urib oldi. Yosh iqtidor egasining Parijga ko‘chib ketishi «Barselona»ning alamli mag‘lubiyatga uchraganida darak.

Yana bir omadsiz urinish

Kataloniya super klubi Jan-Klyer Todiboning transferidan 20 million evri ishlab olmoqchi edi. «Fulhem» rasman muzokaralar olib bordi va ushbu summani to‘lashga rozi bo‘ldi. Afsuski, so‘nggi daqiqalarda jamoa bor e’tiborini «Siti» himoyachisi Tosina Adorbioyoga qaratdi va 2 million yevro evaziga uni sotib oldi.

Asosiy xaridorning 10 barobar arzonroqqa himoyachini sotib olishi, Kataloniya rahbarlarini esankiratib qo‘ygani rost. Klub uning maoshini to‘lay olmas edi. Shu bois, ishga darrov afsonaviy futbol agenti Jorje Mendeshni qo‘shdi. Bartameu shu kichik muammoni ham o‘zi hal eta olmagani ajablanarli. Mendesh, bundan avvalroq Semeduni «Vulverhempton»ga ko‘chib o‘tishini ta’minlagan edi. Bu safar ham qo‘llab yubordi. Portugaliyalik agenti Todiboni 2 million yevro evaziga «Benfika» jamoasiga ijara asosida o‘tishini ta’minladi. mavsum so‘nggida, «burgutlar» himoyachini 20 million yevro evaziga sotib olishlari mumkin.

Amalga oshmagan transferlar 

Kataloniya klubi transfer oynasining so‘nggi daqiqalarga qadar Depay va Erik Garsiyaning transferini amalga oshirishga intildi, biroq bundan hech narsa chiqara olmadi. Boz ustiga, Umtiti, Dembele va Bretueytlarni ham sotib yubora olmadi. Agar Usman Dembeleni Angliyaga ko‘chib o‘tishga rozi qilishganida, katta ehtimol bilan Depay bugun klub mashg‘ulotlarida Kuman bilan suhbatlashayotgan bo‘lar edi. Vaholanki, Usman o‘zi borasidagi barcha takliflar uchun ochiq ekanligini rasman e’lon qilgan edi, biroq yakunda qolishga va asosiy tarkib uchun kurash olib borishga qaror qildi.

Umtiti borasida ham o‘xshash vaziyat hukmronlik qildi. Dembele-ku o‘zining foydali futbolchi ekanligini isbotlashga intilmoqda, biroq Kuman Umtitiga umuman imkon bermasligi mumkin. Futbolchining o‘zi Kuman uni rejalariga kiritmaganini ma’lum qildi, biroq Samuel kurashib ko‘rmoqchi. Balki, unga hozirgi vaziyat yuz yoqmoqda. Ajoyin kontrakt, katta maosh, chiroyli shahar va dunyoning eng mashhur klubi! Bunday imkoniyatlarni tashlab, surunkali jarohat bilan boshqa jamoada «o‘ziniki» bo‘lish uchun jang qilishdan ko‘ra, hayotdan lazzat olish yoqimliroqmi? Balki, Umtiti kurash olib borar, balki taqdirga tan berar, ammo yakunda «Barselona» baribir ko‘p narsani boy beradi. Umtitining qolish ham, jamoaning maoshlar borasidagi balansni ushlashga majbur qildi. Demak, yangi transferlar haqida shunchaki unutish lozim.

Iste’fo yaqin

Eng achinarlisi shundaki, bu transfer kompaniyasi Kuman uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Murabbiy mavsum boshida markaziy himoya va markaziy hujumni kuchaytirish lozimligi haqida so‘zlagan edi. Endi tarkibga e’tibor bering! Markazda Martin Bretueyt! Himoyada qariya Pike, ishonchni yo‘qotgan Umtiti, tajribasiz Arauxo va Kleman Langle. Gollandiyalik mutaxassis yangi mavsum oldidan transferlar yordamida tarkibdagi yoriqlarni berkitmoqchi edi. Afsuski buning imkoni bo‘lmadi.

Katta ehtimol bilan, Kataloniya klubi uchun yaqin 10 yil ichida bu qadar qiyin sinov kelmagan. 3 ta frontda kurash olib boruvchi jamoaning tarkibiga havas qilib bo‘lmaydi. O‘tgan mavsum finishida klub zaxira o‘rindig‘ining torligi sababli juda yomon ahvolda yetib kelgan edi. Ularga shunchaki, sifatli futbolchilar yetishmay qoldi va sovrinlar qo‘ldan chiqib ketdi. Avvaliga, «Real»ga «La Liga» oltin medallari boy berilgan bo‘lsa, keyinroq YECHLda alamli mag‘lubiyat qabul qilib olindi. Kubok bahslari haqida gapirsa ham bo‘ladi. Bartameu boshchiligidagi «Barselona» uzoq yillar davomida pullarni havoga uchirish bilan shug‘ullanib keldi. Endi o‘sha pullarning qadri juda va juda bilinadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:49, 08.10.2020.
O'qildi: 10446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.