Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Mozes O‘runov bilan jamoadosh bo‘ladi

Mozes O‘runov bilan jamoadosh bo‘ladi

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangilikalar bilan tanishtirishda davom etamiz. 

Mozes O‘runov bilan jamoadosh bo‘ladi

Rossiyaning «Spartak» jamoasi tez orada «Chelsi» futbolchisi Viktor Mozes bilan shartnoma imzolashi mumkin. 

Bu haqida, «Lokomotiv» jamoasining sobiq bosh direktori Ilya Gerkus ma’lum qilmoqda. 

Gerkucning ma’lum qilishicha, Moskva klubi tez orada rasman bu transferni e’lon qiladi. 

«Dinamo» PSJ tarbiyalanuvchisini nishonga oldi

 

Moskvaning «Dinamo» klubi «Nim» jamoasi himoyachisi Loik Landre faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin. 

Bu haqida Fransiya nashrlari ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, «Klermon», «Lans», «Piz» va "Ayacho« jamoalari sharafini himoya qilgan 28 yoshli futbolchi bilan »Dinamo" tez orada 2 yillik shartnoma imzolaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Loik PSJ jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Qahramonimiz Parij klubi safida bitta o‘yinda maydonga tushgan. 


Pogba orzu qilmoqda


Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini «La Liga»da davom ettirish fikridan qaytgani yo‘q. Bu haqida futbolchining o‘zi ma’lum qilmoqda. 

«Mening futbolchilik faoliyatim »MYU«da davom etmoqda. Yangi mavsumda oldimizga qo‘ygan rejalarimiz juda ko‘p. Shu bois, ularni amalga oshirish uchun ishga kirishganmiz.

"Real" bilan shartnoma imzolash varianti esa biroz chetga surib qo‘yiladi. Shunday bo‘lsada, Madridga ko‘chib o‘tish haqida orzu qilishda davom etaman.», -deb futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Sports" nashri. 

Upamekano uchun kurash boshlandi

Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi himoyachisi Dayot Upamekano uchun kurash boshlanib ketdi. 

"BILD" nashrining ma’lum qilishicha, »Arsenal«, "Liverpul" va »Manchester Yunayted" jamoalari futbolchining agenti bilan aloqa o‘rnatgan. 

Manbaning ma’lum qilishicha, katta ehtimol bilan Dayot kelasi mavsumni ushbu klublardan birida boshlaydi. 

 

Lautarodan o‘zgacha yurish

Milanning «Inter» jamoasi hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini «Inter» klubida davom ettirishi katta savol ostida qolmoqda. 

Futbolchining agentining aytishicha, «Inter» Lautaro bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti. "TNT Sport" nashrining ma’lum qilishicha, katta ehtimol bilan Martinesning o‘zi boshqa klubga o‘tish maqsadida muzokaralarga kirishishni istamayapti. 

Eslatib o‘tamiz, Lautaro Martines bilan «Barselona» shartnoma imzolash niyatida edi, biroq «Inter» uni sotishni istamadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:01, 09.10.2020.
O'qildi: 5040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.