Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston - Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz. 

Edgar Davidsning ko‘zoynaklarsiz to‘p tepayotgani aks etgan kam sonli suratda ikki tayanch yarim himoyachisi o‘rtasida maydon markazida kurash ketmoqda. Uning ortidan Diyego Simeone quvib kelmoqda

1991 yil. Yam-yashil Roy Kin! 

Zozimyo Braziliya tarixiga kirgan, biroq o‘rganilmagan yulduz. Qahramonimiz 37 ta o‘yinda maydonga tushganiga qaramay, ikki bor JCH oltin medallariga ega chiqqan. Shuningdek, Kopa Amerika musobaqasining kumush medallari ham unda mavjud. 

Badjo Marselo Salasni ovutish bilan ovora

Desham Xadjini to‘xtatib qolishni uddalay olmayapti

Ferens Pushkash! Vengriya futbolidagi eng buyuk shaxs!

Maradona JCH oltin medallarini qo‘lga kiritgach, butun dunyo futbol muxlislarning yoqimtoyiga aylanadi. Buni ushbu suratdan ham bilib olishingiz mumkin. 

Dunga Klyuverni to‘xtatib qolishga besamar urinmoqda. 

«Inter»dagi «sargardonlik»dan so‘ng, Kin «Lids»ga qaytib kelishga qaror qiladi. Yakunda bu qaror uning faoliyatini tiklanishiga sabab bo‘ladi. 

2002 yilda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi eng g‘alati uchrashuv. Hakam Italiya terma jamoasi futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatmoqda. Yakunda, qit’adoshlarimiz Italiyani musobaqadan chiqarib yuboradi, ammo g‘arb nashrlarining keskin tanqidi ostida qolib ketadi. Ushbu uchrashuvda ishlagan hakamlarning qarorlari hali-hamon muhokama qilinmoqda. 

Karlos Tevezni tanidingizmi? Ushbu yigitcha hayot qiyinchiliklariga qaramay, katta futbolga dadil qadam tashlab kirib kelgan. Uning bolaligi o‘tgan shaharcha hali-hamon Argentinadagi eng xavfli tumanlardan biri sanaladi. 

Hali hech kimga tanish bo‘lmagan Luish Figu Portugaliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. O‘smirlik chog‘ida, Portugaliyaning grand klublari uni nimjonligi uchun o‘z safida ko‘rishni istamaydi, ammo yakunda bu qaror o‘zini oqlamadi. Figu Portugaliya futboli tarixida muqim iz qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Daniya bilan mo‘’jiza namoyish etgan Laudrop «Barselona» safini to‘ldirmoqda. Uni klubda ko‘rishni shaxsan Kroyf istagani tahsinga sazovor. 

Jorj Best o‘z davrining eng quvnoq yigitlaridan biri edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:57, 09.10.2020.
O'qildi: 4623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.