Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Kavanini "MYU"ga o‘tishga nima undadi? Edinson javob berdi

Kavanini "MYU"ga o‘tishga nima undadi? Edinson javob berdi

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi bilan shartnoma imzolagan urugvaylik hujumchi transfer tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, ushbu transferning amalga oshishida Ole Gunnar Sulsherning hizmatlari ulkan. 

To‘g‘risi, menda variantlar juda ko‘p edi. Osiyo klublaridan ayniqsa, takliflar yog‘ilib ketdi. Xitoy chempionatidan 4 ta klub fantastik shartnoma bilan murojaat etdi. Arab klublaridan ham takliflar bor edi. Men Yevropada qolishni afzal ko‘rdim. Turmush o‘rtog‘im, oila a’zolarim bilan birgalikda barcha takliflarni atroflicha o‘rganib chiqdik.

Tan olish lozim, bu qarorga kelish oson bo‘lmadi. Avval boshida, "Manchester Yunayted" mutasaddilari bilan aloqaga chiqqanimda, menda klub bilan shartnoma imzolash niyati yo‘q edi.
Keyinroq, Sulsher menga qo‘ng‘iroq qildi. Ishonosizmi, uning so‘zlari meni juda tasirlantirib yubordi. Aynan uning futbolga bo‘lgan munosabati sababli uzoq suhbat qurdik.

Murabbiy bilan tezda til topishib ketdik. U jamoaning o‘yin uslubi, ichki muhit, va o‘yinnga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida so‘zlab berdi. Gapimiz bir joydan chiqayotganini sezdim. U futbolchilardagi raqobatdan qo‘rqmaslik, barcha uchun qayg‘urish singari hislatlarni qadrlashini aytdi. Men ham, jamoadoshlarimda shu hislatlar bo‘lishini istashimni bildirdim. To‘g‘risi, uning so‘zlaridan so‘ng "Manchester Yunayted" a’zosi bo‘lishga qaror qildim.

Menimcha barcha futbolchilardan shunday holat kuzatiladi. Agar siz o‘zingiz kabi fikrlovchi murabbiyni uchratsangiz, u bilan hamkorlik qilishni istab qolasiz. Men hem endi bor e’tiborimni Sulsher bilan birgalikda yangi marralarni zabt etishga qaratmoqchiman. Mashg‘ulotlarda ter to‘kib jamoada o‘z o‘rnimni topish niyatidaman."

Manba: ESPN
Kiritildi: 11:44, 11.10.2020.
O'qildi: 6033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.