Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Andijon» va «Benfika» o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanish arafasida

«Andijon» va «Benfika» o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanish arafasida

Baho:
+ | -

«Andijon» futbol klubi Portugaliya poytaxti Lissabon shahrining «Benfika» futbol klubi bilan shartnoma imzolash arafasida turipdi.

Shartnomaga ko‘ra «Benfika» futbol klubining infratuzilmasi, akademiyaning ish uslubi, ishlash tartibi o‘rganilib kelinadi. Murabbiylar shtabi va yosh futbolchilarimiz «Benfika» akademiyasida bo‘lib malaka oshirib qaytishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, portugaliyalik murabbiylar yurtimizga tashrif buyurib, andijonlik yosh futbolchilarga mahorat darslari o‘tishi rejalashtirilgan.

Shartnoma masalalari yakunlanish bosqichiga yetib kelgan. Yurtimizda joriy qilingan karantin tartib qoidalari sabab, Portugaliyaga borish imkoni bo‘lmaydi, karantin cheklovlari yumshatilgandan so‘nggina jamoamiz rahbariyati Portugaliya poytaxtiga borib, shartnoma imzolab qaytishlari mumkin bo‘ladi.

Shartnoma tafsilotlarini «Andijon» jamoamizning rasmiy sahifalarida berib boramiz!

"Andijon" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 20:46, 11.10.2020.
O'qildi: 3683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик