Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Venger JCH va Yevropa chempionatini tez-tez o‘tkazishni taklif qildi

Venger JCH va Yevropa chempionatini tez-tez o‘tkazishni taklif qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi, FIFAning global futbolni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Arsen Venger Millatlar ligasi musobaqasini bekor qilib, Jahon va Yevropa chempionatlarini tez-tez o‘tkazishni taklif qildi.

«Millatlar ligasini bekor qilish va hammaga tushunarli bo‘lgan musobaqalarni o‘tkazish kerak. Ko‘chada odamlardan millatlar ligasi nima ekanini so‘rang. Hamma ham buni tushuntirib bera olmaydi.

Kamroq musobaqalarni o‘tkazish kerak. Har ikki yilda bitta jahon chempionati va bitta Yevropa chempionati — zamonaviy futbol uchun munosib variant», – dedi Venger.

Jahon chempionatini tez-tez o‘tkazish turnir qadrining yo‘qolishiga olib kelmaydimi? Fransiyalik mutaxassis shunday javob berdi:

«Shunday savol beradiganlarga hamisha javob beraman: musobaqaning qadri uni kutish bilan bog‘liq emas, balki uning sifatiga bog‘liq. Axir Chempionlar ligasini odamlar har yili tomosha qilishadi. Nazarimda, bu oldinga tashlangan katta qadam bo‘lar edi», – dedi Venger "Bild"ga bergan intervyusida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:45, 13.10.2020.
O'qildi: 3030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.