Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

"France Football" "Oltin to‘p"ning o‘rniga boshqa "tadbir" uyushtirmoqda

"France Football" "Oltin to‘p"ning o‘rniga boshqa "tadbir" uyushtirmoqda

Baho:
+ | -1

"France Football" nashri "oltin to‘p"ni bekor qilgan bo‘lsada, boshqa uslubda vaziyatdan chiqib ketishga qaror qildi. "France Football" nashri shu tariqa "orzular oltin jamoasi"ni tuzishga qaror qildi. Shu tariqa, FF futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan tashkil topgan jamoa uchun nomzodlar nomini e’lon qilishni boshladi. Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu futbolchilarni 3-4-3 sxemasiga joylashtirish niyatida. Fransuzlar darvozabon, himoya va yarim himoyachilarni aniqlash maqsadida nomzod futbolchilar nomini e’lon qildi. Stadion.uz ular bilan tanishtirib o‘tadi.

Ushbu ro‘yxatdagi 170 ta futbolchidan faqat 11 tasigina asosiy jamoadan o‘rin oladi. G‘oliblar dekabr oyida o‘tkaziluvchi tantanali marosimda rasman e’lon qilinadi. Keling, g‘oliblik uchun da’vogarlik qilayotgan darvozabon, himoyachi va yarim himoyachilar ro‘yxati bilan tanishib o‘tamiz.

Darvozabonlar: Gordon Benks, Tomas N'Kono, Djanluidji Buffon, Peter Shmeyxel, Iker Kasilyas, Edvin van der Sar, Zepp Mayer, Lev Yashin, Manuel Noyer va Dino Dzoff.

Markaziy himoyachilar: Franko Barezi, Bobbi Mur, Frans Bekkenbauer, Daniel Passarella, Fabio Kannavaro, Mattias Zammer, Marsel Desayi, Gaetano Shirea, Ronald Kuman i Serxio Ramos.

O‘ng qanot himoyachi: Djuzeppe Bergomi, Manfred Kals, Kafu, Filipp Lam, Karlos Alberto, Vim SuurbYE, Djalma Santos, Lilian Tyuram, Klaudio Djentile i Berti Fogts.

Chap qanot himoyachi: Andreas Breme, Ruud Krol, Paul Braytner, Paolo Maldini, Antonio Kabrini, Marselo, Djachinto Fakketti, Nilton Santos, Junior i Roberto Karlos.

Tayanch yarim himoyachi: Yojef Bojik, Jerson, Serxio Buskets, Pep Gvardiola, Didi, Yozef Masopust, Falkao, Lotar Matteus, Stiven Djerrard, Yoxan Neskens.

Andrea Pirlo, Luis Suares Miramontes, Fernando Redondo, Marko Tardelli, Frank Raykard, Jan Tigana, Bernd Shuster, Xabi Alonso, Klarens Zeedorf, Xavi.

Hujumkor yarim himoyachi: Roberto Badjo, George Xadji, Bobbi Charlton, Andreas Inyesta, Alfredo Di Stefano, Raymon Kopa, Enso Francheskoli, Ladislao Kubala, Ruud Gullit, Diyego Maradona.

Alessandro Massola, Xuan Alberto Skyaffino, Pele, Sokrates, Mishel Platini, Franchesko Totti, Ferens Pushkash, Ziko, Djanni Rivera, Zinedin Zidan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:59, 13.10.2020.
O'qildi: 8582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.