Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Pirlo: «Murabbiylik futbolchilikdan ko‘ra...»

Pirlo: «Murabbiylik futbolchilikdan ko‘ra...»

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» jamoasi murabbiy Andrea Pirlo UEFA rasmiy sayti uchun katta intervyu berdi. Ushbu suhbatda sobiq futbolchi murabbiylik faoliyati haqida fikr bildirib o‘tdi. 

- Siz futbol sohasini murabbiylikka almashtirdingiz. Nimalar o‘zgardi? Qanday murabbiy bo‘lishni istaysiz?

- To‘g‘risi murabbiylik faoliyati haqida biror narsa deyishimga hali erta. Sababi hali bir mavsum ham to‘liq faoliyat olib bormadim. O‘ylagan rejalarim juda ko‘p, ammo barchasini amalga oshirishim uchun menga biroz vaqt talab etiladi. Futbolchilik faoliyatim davomida ko‘plab super murabbiylar bilan faoliyat olib borganman.

- Qaysi murabbiylardan olgan saboqlaringizni yaxshi xotirlaysiz? 

- Mirko Luchesko, Marchelo Lippi, Konte, Anchelotti va Allegri singari «Koach»lar menda juda yaxshi taassurot qoldirgan. Ularning mashg‘ulot o‘tkazish jarayoni va futbolchilar bilan yaqin aloqada bo‘lishi g‘alabaning kaliti edi. Men ularning har biridan kerakli ustunliklarni olgan holda o‘z jamoamda progressni amalga oshirish niyatidaman.

- Murabbiylik yoki Futbolchilik? Qaysi biri mushkul?

- Albatta, murabbiylik. Futbolchi bo‘lish, murabbiylikdan ko‘ra kamroq stressga olib keladi. Buni men ilk uchrashuvlardayoq anglab yetdim.

- Nima uchun stressga?

- Sababi juda oddiy. Futbolchilik davrimda men maydon ichida bo‘lar edim. O‘yinning borishi, tablodagi hisob va natijasi uchun ta’sir ko‘rsatish imkoniyatim juda ko‘p edi. Eng muhimi, maydondagi qarorlarni o‘zim qabul qilar edim. Yarim himoyada turib o‘yin dinamikasini boshqarish men uchun osonroq.

- Murabbiy o‘yinni boshqarmaydimi?

- Nazariy jihatdan boshqaradi, ammo amalda maydondagi futbolchilar natija qayd etishadi. Sobiq futbolchilar , ayniqsa yaqinda faoliyatini yakunlaganlar uchun murabbiylikning ilk yillari juda og‘ir o‘tishi aniq. Sababi, siz voqealar ichida bo‘lishga o‘rgangansiz. Endi esa, hammasini tashqaridan tomosha qilishga majbursiz. Bu xuddi, qo‘lingdan hech narsa kelmasligini bila turib jamoaning o‘yinini tomosha qilishga o‘xshaydi. Endi jamoaning g‘alabasi uchun tashqaridan turib yordam berishga majburman.

Manba: UEFA.com
Kiritildi: 13:35, 13.10.2020.
O'qildi: 3075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик