Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Andrey Shevchenko: «Bu futbolchilarning g‘alabasi»

Andrey Shevchenko: «Bu futbolchilarning g‘alabasi»

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Millatlar ligasi 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Ispaniyaga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bugun nimadir deyishimga hojat yo‘q, deb o‘ylayman. Yigitlar o‘yinga bo‘lgan munosabati, jonbozligi bilan barchasini aytishdi. Ular biz taklif qilgan o‘zgarishlarini qabul qilishdi. Ular ko‘rsatmani oxirigacha bajarishdi. Bu ularning g‘alabasi. Faqat ularniki.

Mening so‘zlarim ta’sir qilayotganidan xursandman. Ularga gap yo‘q. Futbochlilar 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishdi. Bugungi o‘yin biz uchun ko‘p ma’lumot berdi. Kelajakda bizga osonroq bo‘ladi. O‘yin davomida taktikani o‘zgartirish uchun bizda imkoniyat bor.

Tarkib jihatdan hozirda Ispaniyaga raqobat qila olmaymiz. Ammo biz barcha kurashlarda g‘olib chiqdik, to‘pni olib qo‘ydik. Biz g‘alaba qozonishni istagandik va g‘alaba qozondik.

To‘psiz o‘yin bugun g‘alabaning asosiy tamoyili bo‘ldi. Bugun to‘psiz qolishimizni bilardik. Ular bizga imkoniyat qoldirishini bilardik. Biz harakat qilishimiz, raqibni yopib qo‘yishimiz va son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishimiz kerak edi. Juda katta mehnatni amalga oshirdik», – dedi Shevchenko.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:26, 14.10.2020.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик