Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Millat Ligasining 4-tur doirasida Shveysariya (3:3) terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Himoya - har doim jamoaviy ish bo‘lgan. Biz birinchi va uchinchi golda raqblarimizga yordam berib yubordik. Shundan so‘ng, yaxshi o‘ynay boshladik. Umuman olganda, o‘tgan uchrashuvda Ukrainaga qaraganda, bu safar yaxshiroq ko‘rindik", - Kroosning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UYEFA rasmiy sayti.