Kirish Ro'yxatdan o'tish

A seriya. «Napoli»ga texnik mag‘lubiyat yozilib, klubdan 1 ochko olib tashlandi

A seriya. «Napoli»ga texnik mag‘lubiyat yozilib, klubdan 1 ochko olib tashlandi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasi 3-turdan o‘rin olgan, ammo o‘tkazilmay qolgan «Yuventus» – «Napoli» o‘yini borasida qaror qabul qilindi.

Neapolliklar uchrashuvga tashrif buyurmagani uchun ularga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozildi. Shuningdek, "Napoli"dan bir ochko olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, Neapol shahri sog‘liqni saqlash xizmati "Napoli" klubida koronavirusga chalinganlar aniqlangani uchun jamoaning "Yuventus"ga qarshi o‘yin uchun Turinga borishiga ruxsat bermagan edi. Gattuzo jamoasi bahsni boshqa muddatga ko‘chirish kerakligini talab qildi. Ammo A seriya uchrashuvni boshqa muddatga ko‘chirish uchun asos yo‘qligini aytdi.

Shu tariqa, «Yuventus»ga texnik g‘alaba yozildi. «Napoli» esa ushbu qaror yuzasidan apellyasiya bermoqchi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:58, 14.10.2020.
O'qildi: 4513 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик