Italiyaning «Inter» klubi sobiq hujumchisi Kristian Vyerining fikricha, Zlatan Ibragimovich "Milan derbisi"ga 100 foiz tayyor bo‘ladi.
«U har kuni yugurish yo‘lakchasini sindirardi. U derbida og‘zida sigaret bilan o‘ynaydi, ishoning menga. U allaqachon o‘z sport formasiga qaytgan. Uning joylagan rasmlariga qaraganda, u koronavirusga ahamiyat bermaydi. Zlatan koronavirus nima ekanligini bilmasa ham kerak.
Uning tajribasi tengsiz. «Milan» bunday futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish borasida juda omadli klub sanaladi», — dedi Vyeri.