Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi (foto)

"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi (foto)

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Siti" klubi sobiq himoyachisi Pablo Sabaleta o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

"18 yillik futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim", – deb post qoldirdi 35 yoshli "Vest Xem" klubi himoyachisi. – Bu yillar menga juda ko‘p noyob onlarni boshdan kechirish imkoniyatini bergan ajoyib damlar bo‘ldi".

"Ushbu ajoyib sayyohatda menga hamroh bo‘lgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Klublar, jamoadoshlarim, murabbiylar, oilam va do‘stlarimga rahmat aytaman".

Sabaleta Argentina terma jamoasi tarkibida 58 ta uchrashuv o‘tkazdi. "San-Lorenso" (79 ta uchrashuv), "Espanyol" (102), "Manchester Siti" (333) va "Vest Xem" (80) klublarida o‘ynagan.

Pablo ikki marta APL (2012 va 2014) chempionligini, Angliya Liga Kubogini (2014 va 2016) Angliya Kubogini (2011) va Angliya Superkubogini (2012) qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 22:00, 16.10.2020.
O'qildi: 2569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик