Kirish Ro'yxatdan o'tish

Liga-1. Mbappening dubli «PSJ»ga yirik hisobda g‘alaba qozonishga yordam berdi (videosharh)

Liga-1. Mbappening dubli «PSJ»ga yirik hisobda g‘alaba qozonishga yordam berdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 7-turi doirasida "PSJ" safarda "Nim" klubi mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Bahsning 12-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Landr maydon markazida nisbatan tik oyoq bilan raqib futbolchisining tizzasiga tepgani uchun maydondan chetlatildi.

80 daqiqa davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan parijliklar o‘yin oxiriga qadar 4ta gol urishdi. Birinchi bo‘limda Mbappe hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Kilian yana bitta gol muallifiga aylandi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limda Florensi va Sarabiya bittadan urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "PSJ" o‘z ochkolarini 15taga yetkazib, jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fransiya chempionati, 7-tur
Nim – PSJ 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 32 Mbappe, 0:2 – 77 Florensi, 0:3 – 83 Mbappe, 0:4 – 88 Sarabiya.
Nim – Rene, Byurne, Landr, Migel, Paki, Kubas (Martines, 54), Do, Fomba (Alinvi, 85), Eliasson (Majuga, 85), Ripar (Kone, 84), Ru (Aribi, 67).
PSJ – Navas, Florensi (Ruis-Atil, 84), Kimpembe, Bakker, Diallo, Paredes (Errera, 11), Rafinya (Dagba, 58), Guye, Sarabiya, Kin, Mbappe (Xese, 84).
Ogohlantirishlar: Do (6), Rafinya (18), Guye (20).
Chetlatish: Landr (12).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:50, 17.10.2020.
O'qildi: 3137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик