Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Baxtiyor Hamidullayev: "O‘yin boshidan biz reja qilgandek boshlandi"

Baxtiyor Hamidullayev: "O‘yin boshidan biz reja qilgandek boshlandi"

Baho:
+ | -

"Andijon" bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev "So‘g‘diyona"ga arshi o‘yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"O‘yin boshidan biz reja qilgandek boshlandi, afsuski ikkinchi bo‘lim boshidan o‘yinni raqibga berib qo‘ydik, shu sababli muammolar kelishdi boshlandi. Himoyada bosh bilan o‘ynashda ko‘p yutqazdik, shuni evaziga darvozamiz oldida ko‘p vaziyatlar bo‘lishni boshladi, shularni biri gol bilan yakunlandi. O‘ylaymanki bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsak bo‘lar edi, bugun kerakli ochkolarni yo‘qotdik deb o‘ylayman

Birinchi bo‘limda hujumlar asosan Muhammad Yuldashev orqali sodir etildi, ammo ikkinchi bo‘limda ushbu holat kamroq bo‘ldi.

Muhammad Yuldashev o‘yin so‘ngida charchab qolgani sezildi, o‘zi ham almashtirilishini so‘radi va almashtirilishga majbur bo‘ldik.

– Bugun Abdulloh Olimov nega asosiy tarkibda tushmadi?

– Olimovda kichik jarohat bor edi. Shu sababli faqatgina ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdik

– Hujumda havodagi vaziyatlarda aniqlik yetishmayapti. Shaxboz Jumaboyev ham bugun aniq harakat qila olmadi. Buni ustida ishlayapsizlarmi?

Durrang bo‘lgani uchun xar hil savollar ko‘payadi, agar g‘alaba qozonganimizda bunday savollar bo‘lmas edi. To‘g‘ri, asosan ikkinchi qavatda bugun yutkazdik

Ikkinchi bo‘limda hujumga Rustan Qo‘chqorov tushirildi. Rustam o‘rinbosarlar tarkibida qanot himoyasida o‘ynar edi

Rustam asli hujumchi. O‘rinbosarlar tarkibida himoyada xatolarimiz ko‘p bo‘lgani sababli Rustamni tezkor bo‘lgani uchun qanot himoyasida o‘ynatgan edik. Keyingi o‘yinda Miraxmatov o‘ynamaydi, qanotga Rustam varianti ham yomon emas

– "Andijon" jamoasini futbolchilar tark etishda davom etmoqda. Temur Usmonov masalasi haqida aytib o‘tsangiz

Temur Usmonovga ko‘plab imkoniyat berdik. O‘rinbosarlar tarkibida kecha Nodir Mavlonov o‘ynab dublga erishdi, Nodir o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynashga xech qanday qarshilik qilmadi. Temur esa o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynashni istamadi va jamoadan ketishga qaror qildi.

– Bugungi natijadan rozimisiz?

10 kishi bo‘lib qolganimiz uchun rozimiz. Agar 10 kishi bo‘lib qolmaganimizda bugungi natija qoniqarsiz bo‘lar edi

Kiritildi: 18:43, 18.10.2020.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.