Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

No‘’mon Hasanov: “Navbahor” OCHLda ham bemalol o‘ynay oladi”

No‘’mon Hasanov: “Navbahor” OCHLda ham bemalol o‘ynay oladi”

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi  uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov qatnashib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.    

 O‘zinglar guvoh bo‘ldinglar, futbolchilarimiz ancha chiroyli va  hujumkor o‘yin namoyish etishdi. Raqib bilan bo‘lgan yakkakurashlarda ham ustun kelishdi. Ammo yaratilgan ko‘plab vaziyatlardan foydalana olishmadi. “Metallurg”da esa adashmasam, deyarli xavfli vaziyat ham bo‘lmadi. Gol urilgan holatda esa bekobodliklar darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga kiritishdi. O‘yinning dastlabki 20 daqiqasidagi jamoamizning hujumini ko‘rib, 2-3 ta gol uramiz, deb o‘ylagandim.Biroq bu – futbol. Futbolda esa kutilmagan holatlar bo‘lib turadi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman.

Vaziyatlardan samarali tarzda foydalanish borasida futbolchilar bilan ish olib borish lozim.

“Qo‘qon-1912”, “Paxtakor”da ishlaganman. Hamma joyda seleksiya bo‘ladi, busiz iloji ham yo‘q. Namanganda avvaldan iqtidorli futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Mana, hozir o‘rinbosarlar tarkibida ham ancha yoshlar bor, ular ertaga “asosiy”da bemalol o‘ynab keta olishadi. Hozir seleksiya qilib bo‘lmaydi-ku, futbolchi topgan bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishning iloji yo‘q. Albatta, noyabr, dekabr oylarida turnir o‘tkazmoqchimiz, chekka qishloqlarda ham shunday musobaqalar tashkil etib, o‘yinlarni o‘zim kuzatmoqchiman. Shu tariqa futbolchilarni tanlab olamiz. Kelganimga ko‘p bo‘lmadi, shu bois hozir “Navbahor”da seleksioner murabbiy bor-yo‘qligidan bexabarman.

Men bir yo‘nalishga amal qilaman. Ko‘rdinglar, “Andijon” bilan o‘ynadik, raqib jamoaning xatolari va yaxshi tomonlarini yigitlarga ko‘rsatdim. “Metallurg”ning o‘yinini ko‘rib chiqdik, himoyadan hujumga o‘tishlarini o‘rgandik, bunga qarshi qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdik. Avvallari jamoaga shu narsa yetishmagan.

Mabodo, futbolchi mashg‘ulotga 5 daqiqaga kech qolsa, uni mashg‘ulotga qo‘ymayman. Futbolchilar bilan ko‘p gaplashaman, ular hech qachon menga yomon munosabatda bo‘lishmaydi. Buni bugungi o‘yinda ham ko‘rish mumkin edi. Birinchi 20 daqiqada juda chiroyli futbol ko‘rsatishdi, maza qilib kuzatdim. Shunchaki, gol urolmayapmiz. “Metallurg” esa gol urilgan vaziyatdan boshqasida durustroq imkoniyatga ega bo‘lolmadi, shuning uchun hozir futbolchilarimizni yomonlashga asos yo‘q, ular yaxshi o‘ynashdi.

Azizbek Turg‘unboyev va Igor Golban yaqinda terma jamoada o‘ynab qaytishdi. Shunga qaramay, hozir bu futbolchilarni zaxiraga o‘tqazib qo‘yolmayman. Azizbekni zaxiraga olmoqchi bo‘lib turganimda, Azimjon Ahmedov almashtirishni so‘radi, shuning uchun rejalar o‘zgardi.

Turg‘unboyev yaxshi o‘yinchi, shunchaki, himoyaga qaytishga ulgurmayapti. Uning pozisiyasi bo‘yicha ham ishlaymiz, uni hujumchi ortida o‘ynatib ko‘rishni rejalashtiryapman. Bugungi o‘yinda esa tavakkal qilgim kelmadi.

Jarima zarbalarini ijro etish bo‘yicha mashg‘ulotlarda kombinasion harakatlarni yo‘lga qo‘ygandik. Bugungi uchrashuvda ham o‘sha uslubni amalga oshirish kerakligini aytdim. Lekin yigitlardan ayrimlari buni tushunishmadi, mashg‘ulotlardagi harakatlar eslarida qolmagan shekilli. Shuning uchun o‘sha jarima zarbasini Ehsoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon yo‘llab qo‘ya qoldi.

Jamoada Andrey Kanchelskis faoliyat yuritganida men standart vaziyatlar bo‘yicha ishlardim. Avvalgi o‘yinlarda burchak zarbalari tepish chog‘ida avvaldan o‘ylangan uslublarni ishga soldik, harakatlar o‘xshadi, Golbanda qulay imkoniyat bo‘ldi, lekin imkoniyatdan foydalana olmadi.

Har doim standartlar vaziyatlar amalga oshirilganda 5-6 xil variantimiz bo‘ladi, lekin ularni futbolchilarga aytsam, faqat 2-3 tasi esida qolgan bo‘ladi.

Jamoaga kelganimga ko‘p bo‘lmadi, vaziyatni o‘zgartirish uchun vaqt kerak. Muntazamlikni ta’minlasak, yaxshi bo‘ladi.

 Ruslan Bolov mashg‘ulotlarda jarohat oldi, shuning uchun bugun qaydnomaga ham kiritilmadi. Javlon Ibrohimovning oilasida ro‘y bergan voqeadan xabardor bo‘lsanglar kerak, u ko‘plab mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Uning holatidan kelib chiqsak, bunaqa vaqtda futbol o‘ynamay turgani ma’qul. Javlonning nimalarga qodirligini bilaman, ayni paytda astoydil harakat qilyapti. Mashg‘ulotlarda ishlashni to‘xtatmasa, tez orada o‘ziga kelib oladi, unga imkon beramiz. “Metallurg” bilan uchrashuvdan o‘yinga tayyorligini aytdi, lekin men futbolchining ahvolini yaxshi bilaman. Shunga yarasha ish tutdim.

Azizbek Turg‘unboyevning o‘rniga Shohruh Mahmudhojiyevni maydonga tushirmoqchi edim, lekin Ahmedov boshi og‘riyotganini aytib, almashtirishimni so‘radi. Rejalar o‘zgardi.

Bugungi bahsda “Metallurg” safida jarima zarbasini yo‘llagan Yevgeniy Chumakning o‘yini yoqdi. “Navbahor”dan esa Azimjon Ahmedov yaxshi o‘ynadi. U pozisiyasi almashganiga qaramay, juda yaxshi to‘p surdi. Agar jarohat olmaganida, yaxshi bo‘lardi.

“Navbahor” hozirgi tarkibi bilan kamida 2-3-o‘rinlarda yurishi kerak edi. Mana, bir-ikki hafta astoydil ishladik, samarasini bugungi bahsda ko‘rdinglar, ijobiy o‘zgarishlar bor. Agar 2-3 oy avvalroq shu ish boshlanganda, bu jamoaning yanada kuchliroq futbol namoyish eta olishiga ishonchim komil edi.

Mening o‘zimga yarasha uslubim bor. Masalan, ayrim murabbiylar futbolchi to‘pni qabul qilganida raqibni aldamaslikni so‘rashadi. Mening bu boradagi fikrim o‘zgacha. To‘g‘ri, o‘z yarim maydonimizda aldash noto‘g‘ri, lekin oldingi chiziqlarda bunga to‘sqinlik qilmayman. Ko‘plab futbolchilarni aldab, jarima maydonchasiga kirsin, shunday mahorati bo‘lsa, yomonmi?

“Navbahor”da mahoratli o‘yinchilar jamlangan, bu jamoa Chempionlar Ligasida ham bemalol o‘ynay oladi. Kubok bellashuvlari boshlanguncha hali vaqtimiz ham, o‘yinlarimiz ham bor. Har bir bahsda futbolchilar kuchayib borishadi va O‘zbekiston kubogida munosib qatnashib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashamiz.

Ko‘rasizlar, o‘yin taraflama “Navbahor”da hali katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

Manba: Навбаҳор матбуот хизмати
Kiritildi: 06:14, 20.10.2020.
O'qildi: 2124 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.