Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Andrey Shipilov: “O‘yin juda qiyin kechdi”

Andrey Shipilov: “O‘yin juda qiyin kechdi”

Baho:
+ | -

Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.    

Menimcha, bugungi uchrashuvda har ikki jamoa a’zolari ham o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olishmadi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim.                    

Uchrashuvning qiyin kechganligiga o‘zinglar guvoh bo‘ldinglar. O‘yin davomida futbolchilar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishdi, to‘pni o‘z jamoadoshlariga aniq yetkazib bera olishmadi, bir so‘z bilan aytganda, “braklar” ko‘p bo‘ldi. Balki buning o‘ziga yarasha sabablari bordir.

O‘z jamoamiz borasida shuni ta’kidlamoqchimanki, o‘yin juda qiyin kechdi. Nafaqat, “Navbahor”ga qarshi kechgan bahs,balki barcha uchrashuvlar og‘ir o‘tmoqda. Nimayam derdim, 9 kun ichida 3 ta o‘yin o‘tkazamiz. Keyingi uchrashuv o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadi. Joriy mavsum yakunlanishiga 7 ta tur qoldi. Qaysi jamoa qolgan uchrashuvlarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazsa, omad kulib boqsa, mavsum yakunida turnir jadvalining yuqori qismidan o‘rin olishi mumkin.

“Navbahor” o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadigan klub.

Jamoamiz ham joriy mavsumda dastlabki beshtalikdan o‘rin olishga harakat qiladi.

Bugungi uchrashuv hisobi haqqoniy bo‘ldi, deb hisoblayman.

Namanganga “Metallurg” ustozi sifatida uchinchi marta tashrif buyuryapman va doimo menga shogirdlaringiz nega maydonga yotvolib, vaqtni cho‘zishga harakat qilishadi, deb savol berishadi.

Statistikaga nazar tashlasangiz, Namanganda bo‘lib o‘tgan oldingi 2 ta o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan hamda bugungi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Men hech qachon yigitlarga bunday ko‘rsatma bermayman. O‘zim ham bir paytlari futbol o‘ynaganman hamda futbolchilik davrimda ham ataylab vaqtni cho‘zishga harakat qilmaganman. Bu menga yarashmaydi va mening tabiatim buni ko‘tarmaydi. “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so‘rang, men umuman vaqtni cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman va bermaganman ham.

Faqat buning o‘ziga yarasha ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bor. Futbolchilar ayni paytda o‘yinga to‘liq tayyor emaslar.

“Navbahor” ham Namangandagi ajoyib maydonda 22 daqiqa mobaynida juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ammo  undan keyin shunday ruhda davom eta olmadi. Demak, mezbonlarda ham bu borada qandaydir kamchiliklar bor, to‘g‘rimi?

Takrorlayman, men hech qachon shogirdlarimga vaqtni ataylab cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman.

Superligamizda yuzaga kelgan tanaffus ham futbolchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

“Metallurg” milliy chempionatimiz doirasida Namanganda o‘tkazilgan 24  ta o‘yindan bor-yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozongan ekan, demak, bu “Navbahor”ning kuchliligidan dalolat. Jamoa O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etgan. “Navbahor”da bir paytlari yulduz futbolchilar o‘ynashgan.

Bugungi o‘yinda “Navbahor”dan Ivan Solovyov, jamoamizdan esa Kamoliddin Tojiyev yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Manba: Навбаҳор матбуот хизмати
Kiritildi: 06:15, 20.10.2020.
O'qildi: 1807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик