So‘nggi bir haftada APLda COVID-19 borasida sakkizta holat aniqlandi. Bu haqda Premyer-Liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
Testlar 12 - 18 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. APLning 20 klubidan 1575 nafar futbolchi test topshirdi.
Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan 8 nafar inson karantinga olingan. Infeksiya yuqtirib olganlarning nomi ma’lum qilinmayapti.