Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Besh yildan so‘ng Madridga qaytgan "konchilar". "El klasiko" oldidan "Real" uchun yana bir sinov

Besh yildan so‘ng Madridga qaytgan "konchilar". "El klasiko" oldidan "Real" uchun yana bir sinov

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa Chempionlar Ligasining ilk turi doirasidan o‘ri olgan bahsda Ispaniya La Ligasining amaldagi g‘olibi, Madridning "Real" jamoasi o‘z uyida "Shaxtyor"ni qabul qiladi. Musobaqaning "B" guruhidan o‘rin olgan bu ikki jamoa bahsi Toshkent vaqti bilan 21:55 da o‘tkazilishi belgilangan. Ikki yillik tanafusdan so‘ng madridliklar "shalpangquloq" kubokni boshlari uzra ko‘tarish umidida Chempionlar Ligasidagi dastlabki yurishini boshlaydi. Bir qaraganda nisbatan kuchsizroq ko‘ringan Donesk vakillari bilan bo‘ladigan bu o‘yinda "Real"ga oson bo‘lmasligi aniq. "Santyago Bernabeu"da o‘tgan so‘ngi sakkiz bahsning birortasida mezbonlarni mag‘lub eta bilmagan bo‘lsada, 2015-2016 yilgi mavsumda "Shaxtyor" o‘z uyida 4:0 hisobi bilan ham xotirjamlikka berilib bo‘lmasligini aynan madridliklarga uqtirib qo‘ygan edi. Bundan tashqari "qaymoqranglilar" navbatdagi "el klasiko" uchun ham kuchlarini tejashlari lozim bo‘ladi. Ketma-ket to‘rt karra Ukraina chempionlari bu bahsda sakkiz yillik omadsizlik uchun Madriddan badal so‘rashlari ehtimoldan yiroq emas.

JAMOADAGI O‘ZGARISHLAR.

Ayni vaqtda Eden Azar, Martin Edegor, Alvaro Odriosola kabi futbolchilar jarohatlari sabab bu o‘yinda "Real"ga yordam bera olishmaydi. Serxio Ramos esa Kadisga qarshi o‘yinda olgan jarohati sababli ushbu bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Shu sabab Madrid markaziy himoyasida katta ehtimol bilan Varan hamda Militao harakat qilishadi. O‘ng qanot himoyasida Nacho varianti yuqoriroq bo‘lsa, chap qanotda Millatlar Ligasi bahslarini o‘tkazib qaytgan Mendi harakat qilishi mumkin. Hujum chizig‘i vakillaridan Karim Benzimaga "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan dam berilishi ehtimolining yuqoriligi Luka Yovich uchun imkoniyat eshigining ochilishidan darak beradi.

"Konchilar"ga kelsak, asosiy tarkib futbolchilari Junior Morayes va Mikola Matviyenkolarning bugun o‘yinga tushishlari noma’um bo‘lib turibdi.

Bu mehmonlar uchun katta zarba bo‘lishi mumkin, chunki Morayes Chempionlar Ligasining 12 o‘yinida sakkizta golda bevosita ishtirok etgan. Ya’ni, Morayes 2018-yildan to hozirgacha "Shaxtyor"ning YECHL dagi eng sermahsul o‘yinchisi hisoblanadi.

Maksim Malishev, Ismailiy va Serhi Krivsovlar jarohatlari tufayli maydonga tusha olmasligi m’lum qilindi.

TAXMINIY TARKIBLAR

"Real Madrid": Kurtua, Nacho, Varan, Militao, Mendi, Valverde, Kazemiro, Kroos, Rodrigo, Yovich, Vinisius

Jarohat olgan futbolchilar: Martin Edegor, Alvaro Odriosola, Eden Azar, Serxio Ramos,

"Shaxtyor" boshlang‘ich tarkibi: Trubin, Dodo, Xoxolava, Bondar, Korniiyenko, Maykon, Patrik, Marlos, Kovalenko, Tayson, Dentinyo

O‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan futbolchilar: Maksim Malishev, Ismailiy, Serhe Krivsov.


Shaxboz Qaxxorov tayyorladi

Kiritildi: 17:00, 21.10.2020.
O'qildi: 5060 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик