Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

«Lokomotiv» Jasur Jaloliddinov uchun «Bunyodkor»ga normadan kamroq kompensasiya to‘laganmi?

«Lokomotiv» Jasur Jaloliddinov uchun «Bunyodkor»ga normadan kamroq kompensasiya to‘laganmi?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinovning «Bunyodkor»dan Moskvaning «Lokomotiv» klubiga transfer bo‘yicha hamon noaniqliklar borligi ma’lum bo‘lmoqda. Avvalroq «Bunyodkor» Jasur Jaloliddinov transferidan tushgan mablag‘ni ishlata olmayotgani haqida xabar berilgandi. Bunga sabab qilib transfer ustida turgan tomonlarning asl transfer hujjatini topilmayotgani ta’kidlangandi.

«Daryo»ga ma’lum bo‘lishicha, moskvaliklar futbolchi transferi uchun toshkentliklarga mashg‘ulotlar kompensasiyasi uchun normadan kamroq pul to‘lagan bo‘lishi mumkin. «Lokomotiv» klubi «Bunyodkor»ga Jaloliddinovning  mashg‘ulot kompensasiyasi sifatida 130 ming yevro o‘tkazgan. Shuningdek, uchinchi tomon futbolchi uchun yana 200 ming AQSH dollari miqdorida pul tashlab bergan. Faqatgina «Bunyodkor» asl hujjatning yo‘qligi sabab bu mablag‘larni o‘z hisob raqamiga to‘liq o‘tkaza olmagan.

Shu yerda savol tug‘iladi: «Lokomotiv» aslida «Bunyodkor» futbolchisi uchun qancha kompensasiya to‘lab berishi kerak edi? Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, kompensasiya masalasida FIFA har bir konfederasiya uchun, shuningdek, har bir davlat uchun alohida-alohida 4 xil ko‘rinishdagi summa belgilagan. UYEFA davlatlari uchun 2019 yilgi holatga ko‘ra bu summalar mos ravishda 90 ming, 60 ming, 30 ming hamda 10 ming yevro etib belgilangan.

Rossiya klublari keyingi uch yo‘nalish bo‘yicha kompensasiya to‘lashlari belgilab qo‘yilgan. Bunda Rossiya Premyer Liga klublari ikkinchi guruh bo‘yicha, ya’ni, yiliga 60 ming yevrodan haq to‘lashlari kerak. «Lokomotiv» Chempionlar Ligasida to‘p suradigan jamoa sifatida aynan ikkinchi yo‘nalishda summani hisoblashi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Ammo «Bunyodkor»ga kompensasiya to‘lashda uchinchi guruh summasi — 30 ming yevro inobatga olingan. Qoidaga ko‘ra, futbolchining 12–15 yoshdagi mashg‘ulotlari uchun 4-guruh bo‘yicha haq hisoblanadi, ya’ni, har yili uchun 10 ming yevrodan — umumiy 40 ming yevro. Shuningdek, 16, 17 va 18 yoshining har biri uchun 30 ming yevrodan umumiy 90 ming yevro hisoblangan. Jami — 130 ming yevro.

Agar «Lokomotiv» 2-guruh bo‘yicha haq to‘lashi kerak bo‘lsa, u holda 16, 17 va 18 yoshi uchun 60 ming yevrodan hisoblanishi kerak bo‘ladi. Shunda umumiy summa 130 ming emas, balki 220 ming yevroni tashkil qilgan bo‘lardi.

Ta’kidlash lozim, FIFA tizimiga «Lokomotiv» Jasur Jaloliddinov hamda «Bunyodkor» o‘rtasidagi shartnomaning bekor bo‘lgani haqidagi hujjatni joylashtirgan. Bunda na mashg‘ulot kompensasiyasi summasi va transfer narxi ko‘rsatilgan. Kelib chiqadiki, futbolchi uchun 200 ming AQSH dollari uchinchi tomon tarafidan Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qilish uchungina «Bunyodkor»ga to‘lab berilgan. Rossiya nashrlari esa Jaloliddinov uchun «Lokomotiv» 1 million yevrodan ko‘proq chiqim qilgani haqida ma’lumotlar berilgan.

Norasmiy manbaga ko‘ra, «Bunyodkor» klubi futbolchining mashg‘ulotlari uchun aslida qancha mablag‘ olishi kerakligi masalasida o‘z yuristlari bilan ishlayapti. Agar «Lokomotiv» chindan ham 2-guruh bo‘yicha pul to‘lashi kerak bo‘lsa, «Bunyodkor» bu borada FIFAga arz qilishi mumkin bo‘ladi. 200 ming dollarni esa asl hujjat topilganidagina qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:11, 22.10.2020.
O'qildi: 3387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик