Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugun Valeriy Nemopnishiyning Kameruni, afsonaviy Lev Yashin va Angliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yinlarini yodga olamiz.

1990 yil. Jahon chempionati. Chorak final o‘yinida «Paxtakor» jamoasi sobiq bosh murabbiy Valeriy Nepomnishiy boshchiligidagi Kamerunni Angliya terma jamoasi ikkita penalti evaziga musobaqadan chiqarib yubormoqda. Golni ayni damdagi eng taniqli futbol eksperti Garri Liniker kiritmoqda.

Tyaros Dellas 2004 yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatidagi eng kuchli jamoa sanalgan chexlarni musobaqadan chiqarib yuborgan golni kiritmoqda. Yakunda greklar chempionlikni qo‘lga kiritadi, chexlarni esa hamma unutadi.

2006 yil. Germaniya yashil maydonlarida o‘tgan Jahon birinchiligi. Hozir hakam Runiga qo‘pollik uchun qizil kartochka ko‘rsatadi, Ronaldu esa bundan xursand ekanligini yashirib o‘tirmaydi.

«Barselona» murabbiylar shtabida bir nechta kelajak yulduzlari navbat kutishmoqda.

"Vest Bromvich" jamoasi darvozaboni Jon Osbornning ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, klub afsonasi o‘yinni oxirigacha yetkazib qo‘ymoqchi.

Afsonaviy Lev yashin braziliyalik super yulduz Didiga nimalarnidir tushuntirishga urinmoqda.

19 asr so‘nggida dunyodagi eng tezkor futbolchi deb ta’riflangan Karl Paboriski Zidandan ortda qolmoqda. Polyak keyinroq APLda ham o‘zini sinab ko‘radi, ammo bu kutilgan natijani bermaydi.

Ularning qay biri kuchli? Garrincha yoki Pele? Bu savol Braziliyada hali-hamon trendda!

Aleks Fegusson, Jok Steyna va Mark MakGi! Shotlandiya futbolining eng shonli davrlarini yaratganlar uchligi!

Insning zarbasini Argentina darvozaboni - Karlos Roa bartaraf etmoqda. Bu seyv yakunda Argentina uchun keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etadi.

«Perujji»dagi Gattuzo «Fiorentina»dagi Rui Koshtaga qarshi! Ular ko‘p o‘tmay «Milan» safida birga to‘p surishadi.

Diyego Armando Maradona va Nuberto Solano! Solano uzoq muddat APL klublari sharafini munosib himoya qildi, biroq hech qachon super yulduz yoki afsona darajasiga ko‘tarila olmadi.

2004 yil. Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi ilk gollaridan birini kiritmoqda. Bu paytda, uni 100 lik dovonni oshib o‘tishini tasavvur qilish juda mushkul edi. Shunday bo‘lsada, Krish rekordlarni o‘rnatishdan to‘xtamayapti.

1997 yil. «Borussiya Dortmund» sekin-astalik bilan «Manchester Yunayted»ni Evropa Chempionlar Ligasining yarim finalida to‘xtatib qolmoqda. Ikki uchrashuv ham nemislarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakun topadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:03, 23.10.2020.
O'qildi: 3681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.