Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Lids" futbolchisi oltita o‘yinda oltita gol urdi

"Lids" futbolchisi oltita o‘yinda oltita gol urdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Lids» klubi hujumchisi Patrik Bemford APLning 6-tur doirasida «Aston Villa» (3:0) jamoasi darvozasini uch marotaba ishg‘ol etdi.

27 yoshli hujumchi APLning joriy mavsumida oltita uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol kiritdi. U APL to‘purarlar ro‘yxatidan joy oldi. To‘purarlik poygasida Son Xyon Min («Tottenxema») va Dominik Kelvert-Lyuin («Everton») 7 tadan gol kiritishgan. «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning hisobida ham oltita gol bor.

Qayd etish kerakki, Bemford bungacha APLda bir marta xet-trik qayd etgandi. 2016/17 yilgi mavsumda u «Midlsbro» tarkibida harakat qilib, bir o‘yinda uchta gol kiritishga erishgandi. O‘sha mavsumning ikkinchi yarmida «Byornli» tarkibiga qo‘shilib, bir marta ham raqib darvozasini ishg‘ol eta olmagandi.

Shuningdek, Bemford 2015/16 yilgi mavsumda «Kristal Pelas» va «Norvich» jamoalari tarkibida ham o‘ynagandi va o‘sha mavsumda ham gol ura olmagandi.

Kiritildi: 04:00, 24.10.2020.
O'qildi: 2185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик