Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Andrey Shipilov: «Bugun bir kishi futbol o‘ynashimizga xalaqit berdi»

Andrey Shipilov: «Bugun bir kishi futbol o‘ynashimizga xalaqit berdi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Metallurg" –"Buxoro" (0:0) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Kurashlarga boy o‘yin. Ikki jamoa ham o‘z vazifasini bajarishga harakat qildi. "Buxoro"ning maqsadi gol o‘tkazmaslik va qarshi hujumda gol urish edi. Biz esa tezkor gol urib olishni maqsad qilgan edik. Birinchi va ikkinchi bo‘limda juda qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Nima ham derdim, adolatli durang bo‘ldi. O‘z maydonimizda ketma-ket uchinchi bor durang o‘ynadik. Bugun bir kishi futbol o‘ynashimizga xalaqit berdi.

— Chetdan qaraganda "Metallurg" bugun safarda o‘ynagandek tuyuldi...
— Uyda yoki safarda o‘ynayotganimiz borasida hech narsa deya olmayman. Shunisi aniqki, biz o‘z maydonimizda ketma-ket uchinchi bor durang o‘ynayapmiz. Futbol o‘ynashni istayapsizmi futbol o‘ynang, xalaqit qilmang. Bu hech narsaga to‘g‘ri kelmaydi. Hakamlar o‘ynashga qo‘yib berishyapti? Agarda chempionat shu tarzda davom etsa va shunday munosabat bo‘lsa biz qachon rivojlanamiz? Mana, kecha "Nasaf" AGMK juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Namanganda ham yaxshi o‘yin bo‘ldi. "Bunyodkor" va "Andijon", undan oldin Toshkent derbisi ajoyib o‘tdi. Nega futbol o‘ynashga qo‘yishmaydi? Futbolchilar o‘ynashni xohlayapti, u bo‘lsa suhbatlashib nimalarnidir muhokama qilyapti. Agarda kimdir tahlil qilmasa va ko‘rib chiqmasa pastga sho‘ng‘ishda davom etamiz.

— Uch kundan keyin hozirda yaxshi formada bo‘lib turgan "Nasaf"ga qarshi o‘yin bo‘ladi. Bu o‘yindan oldin qanday fikrdasiz?
— "Nasaf" ajoyib jamoa, yaxshi saviyadagi murabbiyga ega. Ular munosib ravishda yuqori o‘rinda ketishmoqda. Ular bizdan ikki kun ko‘p dam olishadi. "Buxoro" ham bizdan bir kun ko‘p dam oldi. Pandemiya vaqtida biz nima uchundir safarga bordik, barcha o‘z uyida. Biz nima quvg‘indimizmi? Agar barchasini stabil qilmoqchi bo‘lsangiz, stabil qiling. Ba’zilarga komfort sharoitlar yaratilgan, nega biz bunday sharoitda o‘ynashimiz kerak? Oldinda yana 20 kun tanaffus bo‘ladi... Tayyorlanamiz, boshqa nima qila olardik. "Nasaf"ga qarshi oxirigacha kurashamiz. Undan keyin Jizzaxga boramizmi? Istagan joyda o‘ynashga tayyormiz.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 07:27, 24.10.2020.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик