Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

APL. «Lester» safarda Vardining goli evaziga «Arsenal»ni mag‘lub etdi (videosharh)

APL. «Lester» safarda Vardining goli evaziga «Arsenal»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 6-turi doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Lester»ni qabul qildi.

Butun o‘yin davomida tashabbus "kanonirlar" tomonida bo‘lsa-da, ular raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni ko‘p yuzaga keltira olishmadi.

Brendan Rodjers esa ikkinchi bo‘limda maydonga Vardi va Underni tushirib, hujumni kuchaytirish payida bo‘ldi. O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida ularning sa’y-harakatlari evaziga "tulkilar" g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Olis ustun tomon yetkazilgan uzatmani Vardi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

"Arsenal"da esa vaziyatni o‘nglash uchun vaqt ham, kuch ham qolmagandi. Shu tariqa, "Lester" ketma-ket 2ta mag‘lubiyatdan keyin g‘alaba qozongan bo‘lsa, Arteta jamoasi ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lmoqda.

Ushbu g‘alabadan keyin "Lester" 12 ochko bilan jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, londonliklar 9 ochko bilan 10-o‘rinda qolishdi.

Angliya chempionati, 6-tur
Arsenal – Lester 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 80 Vardi.
Arsenal – Leno, Belyerin, David Luiz (Mustafi, 49), Gabriel, Tirni (Nketia, 81), Tomas, Jaka, Sebalyos, Saka (Pepe, 65), Obameyang, Lyakazett.
Lester – Shmeyxel, Jastin, Fofana, Evans, Kastan, Prat (Vardi, 60), Mendi, Meddison (Olbrayton, 85), Tilemans, Barns (Under, 75), Fuks.
Ogohlantirishlar: Belyerin (30), Fuks (32), Tilemans (41), Fofana (52), Lyakazett (57), Meddison (67), Evans (74), Jaka (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:05, 26.10.2020.
O'qildi: 3391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик