Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: "G‘alaba qozonish hamisha yoqimli"

Ro‘ziqul Berdiyev: "G‘alaba qozonish hamisha yoqimli"

Baho:
+ | -

Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Nasaf"(0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Kuchli raqibning maydonida g‘alaba qozonish hamisha yoqimli. Bugun maydonda ham kurashdik, ham futbol o‘ynadik. "Metallurg" jamoasini yaxshi bilar edik, kurashuvchan yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Ko‘proq uzun paslar bilan qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynaydi. Biz shunga tayyorlangandik. Himoyada ham tartibli harakat qildik. Shuning evaziga raqibga golli vaziyatlar yaratishiga imkoniyat qoldirmadik. Hujumda o‘z vaziyatimizni kutdik va imkoniyatimizdan unumli foydalandik. "Metallurg" o‘z uyida ko‘p jamoalarni shoshirib qo‘ygan holda g‘alaba qozongan jamoa edi. Shuningdek, raqibimiz boshqa jamoalarga qaraganda jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlikka ega. Yigitlarga ko‘proq kurashlarda yutqazmaslikni ta’kidlagandik.

Shuningdek, "Metallurg" jamoasi bizga qaraganda turlar oralig‘ida kamroq vaqt dam oldi. Bo‘lim oxiriga kelib ularning charchashini biz kutgandik. Ular tetik paytida biz himoyalanishimiz va imkoniyatimizni kutishimiz kerak edi. Ko‘rgan bo‘lsangiz so‘nggi o‘n besh daqiqalikda raqib charchadi. Biz esa bosimni oshirdik va yutiqqa ega bo‘ldik. Futbolchilarga rahmat aytaman. Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun barchamiz birgalikda g‘alaba qozondik", — deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:09, 27.10.2020.
O'qildi: 2195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик