Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

YECHL. «Borussiya M.» - «Real Madrid». Prevyu

YECHL. «Borussiya M.» - «Real Madrid». Prevyu

Baho:
+ | -

Marko Roze boshchiligidagi Menxengladbaxning "Borussiya" klubi birinchi turdagi natijani o‘zlari uchun a’lo deb bilsa ham bo‘ladi. “Inter“ bilan kechgan bahs davomida nemislar kambekni amalga oshira turib so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani qo‘ldan chiqarishgandi. Uchrashuv davomida ko‘rindiki, gladbaxliklar gol o‘tkazgach ham qanday harakat qilishni yaxshi o‘zlashtirgan. Yakuniy hisob — 2:2.

Bugungi raqib esa “Inter"dan ancha jiddiyroq, chunki birinchi turda o‘z maydonida guruh autsayderi deb qaralayotgan “Shaxtyor“ga imkoniyatni boy berishgan. Zidan jamoasi tarkib jihatidan ham boshqa ko‘rsatkich borasida ham ukrainaliklardan ustun qaralgan bo‘lsa-da, futbolchilar bir-birini tushunmasdan harakat qilganligi oqibatida birinchi taymda o‘z darvozalaridan 3 ta gol olib chiqishdi. Ikkinchi bo‘limda esa bir qator o‘zgarishlar qilingani bilan uchrashuv qutqarib qolinmagandi. Yakuniy hisob — 2:3.

"Borussiya" M. va "Real Madrid" shu paytgacha rasmiy uchrashuvlarda 4 marta o‘ynagan. Jamoalar 1 g‘alaba va 2 durangdan bo‘lishib olishgan. Uchrashuvlarning barchasi o‘tgan asrga to‘g‘ri kelgan. Demak, bugun jamoalarning 21 asrdagi ilk to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz.

«Borussiya» Menxengladbax

Marko Roze jamoasida boshqalardan yaqqol ajralib turadigan yulduz futbolchini topish qiyin. Jamoa bunga muhtoj ham emasdek, go‘yo. Bir qaraganda haqiqiy nemis klublari shunday bo‘lishadi ham. Gladbaxliklar Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida o‘tgan mavsumda yaxshi uchrashuvlar o‘tkazishgandi. Bu mavsumda jamoaning Bundesligadagi ishlarini a’lo deb bo‘lmaydi .So‘nggi turda ”Mayns” bilan mehmonda bahs olib borib, 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan.

Asosiy tarkib futbolchilarida jarohat yoki boshqa sabablarga ko‘ra uchrashuvni o‘tkazib yuborish ehtimoli yo‘q. Bunday vaziyatda mezbonlar istalgan klubga qarshi sifatli futbol namoyish qilishi mumkin. Markaziy himoyada harakat qiluvchi Ginter jamoaning qarshi hujumlarini boshlab beruvchi vazifasini yuqori darajada uddalay oladi. Maydon markazidagi asosiy futbolchi Florian Noyxausda pleymeykerlik qobiliyati raqib jamoasidagi Toni Kroosga tenglashtirilmoqda. Hujum chizig‘ida Yonas Xofmann, Tyuram va Plea kabi sifatli futbol ko‘rsatishga qodir bo‘lgan futbolchilar Madrid himoyasini sinovdan o‘tkazishadi.

Taxminiy tarkib: Zommer; Lyarner, Ginter, Elvedi, Bensebayni; Kramer, Noyxaus, Xofmann; Shtindl, Tyuram, Plea

«Real Madrid»

Mavsum boshidan beri futbolchilarda tarqoqlik yaqqol ko‘zga tashlanyapti. O‘zidan ancha past pog‘onalardagi jamoalarga ketma-ket ikki o‘yindagi mag‘lubiyatlarni boshqa hech qanday sabab bilan izohlab bo‘lmaydi. Murabbiy bu vaziyatda barcha aybni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmayapti. ”Barselona”ga qarshi bahsda futbolchilar ancha bir-birini yaxshi tushunib o‘zlariga ishonch bilan harakat qilishdi, balki bunga Ramosni tarkibga qaytishi sabab bo‘lishi ham mumkin. Birinchi turda guruh autsayderi deya aytilgan ”Shaxtyor”ning ikkinchi tarkibiga boy berilgan o‘yinda Ramos maydonda yetishmadi.

Bugungi uchrashuvga "qaymoqranglilar” yuqori kayfiyatda yetib kelishyapti. Anchadan beri jarohatda bo‘lgan Eden Azar yana asosiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgani aytilmoqda. Bugun u o‘z jamoasiga yordam berishi mumkin bo‘ladi. Zidanning himoyasida muammolari yetarlicha Karvaxal va Odriosolaning o‘rnini egallagan Nachoning ham jarohati jiddiy ekanligi ma’lum. Endi himoyada Ferlan Mendi va Lukas Vaskes variantini tanlash kerak bo‘ladi.

Taxminiy tarkib: Kurtua; Vaskes, Varan, Ramos, Mendi; Kazemiro, Kroos, Valverde; Vinisius, Asensio, Benzema

Murabbiylar fikrlari

Marko Roze: "Real"ga qarshi uchrashuv biz uchun juda muhim, jahon darajasidagi bunday klublarga qarshi uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Bunday kuchli jamolarda ham o‘zini erkin his qiladigan uchrashuvlar bo‘lib turadi, ular o‘zlarini bo‘sh qo‘yishlaridan unumli foydalanib, ularni ajablantirishga harakat qilamiz”.

Zayniddin Zidan: "El-klasikoda biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, o‘sha o‘yinni bugun ham namoyish etishimiz kerak. 90 daqiqa davomida bir soniyaga chalg‘imasdan o‘ynashga harakat qilamiz. Guruhimizdagi vaziyatni hisobga olgan holda natijalarni qo‘lga kiritishimiz zarur”.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:07, 27.10.2020.
O'qildi: 4210 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.