Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Yuventus» «Jenoa» futbolchisiga qiziqib qoldi

«Yuventus» «Jenoa» futbolchisiga qiziqib qoldi

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.

Sanches «Everton»da?!

Angliyaning «Tottenhem» jamoasi himoyachisi Davinson Sanches faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Don Balon nashrining ma’lum qilishicha, ushbu transferni amalga oshirishni klubga Xames Rodriges tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Davinson Sanchesning «shporlar» bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan bo‘lib, «irislar» uni 50 million yevrodan kamiga qo‘lga kirita olishmaydi.

«Milan»ga yaponiyalik futbolchi kerak

Milanning «Milan» jamoasi «Balonya» himoyachisi Takaxiro Tamiyasuni qo‘lga kiritish fikridan qaytmadi.

"Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, klub katta ehtimol bilan qishda yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Milan» Takaxiro uchun 15 million yevro taklif qilmoqda, biroq «Balonya» o‘z futbolchisini 25 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

«Siti» Iskoga ko‘z tikdi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi qishda «Real» yarim himoyachisi Isko bilan shartnoma imzolamoqchi.

«Todofichajes» nashrining ma’lum qilishicha, Madrid klubi Iskoni Zidanni tanqid qilgani uchun ham jamoada olib qolmoqchi emas. Shu bois, qishdayoq pleymeykerni transferga qo‘yishga qaror qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Siti» Isko uchun «qirollik klubi»ga 40 million yevro taklif qilmoqchi.

«Yuventus»ga «Jenoa» «olmosi» kerak

Turinning «Yuventus» klubi «Jenoa» jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi - Nikola Rovelloni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

Le Gazzeta Della Sport nashrining ma’lum qilishicha, Turin super klubi ishda yarim himoyachi uchun 8 million yevro taklif qilmoqchi. Eldor Shomurodovning jamoasi esa, bu summani 10 million bo‘lishini talab qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, muzokaralar allaqachon boshlangan. Transfer esa, uzog‘i bilan yozda amalga oshadi.

Pogba ketadimi?!

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Pogba klub bilan o‘rtadagi shartnomani yana bir yilga cho‘zgan bo‘lsada, klubda qolish niyatida emas. U o‘yin amaliyoti kamligi sababli jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqida, "Ekspress" nashri ma’lum qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» shartnomani uzaytirish orqali uni bepul qo‘yib yubormaslikni reja qilishgan. «Yunayted» yozda uning transferidan kelib tushadigan summani qo‘lga kiritishni reja qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pogba bilan «Yuventus» va «Real» jamoalaridan takliflar bo‘lgan edi.

Mustafi aniq ketadi

Londonning "Arsenal" jamoasi markaziy himoyachisi Shkordan Mustafi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi aniq.

28 yoshli futbolchi klub tomonidan taklif qilingan yangi shartnomadan voz kechdi va boshqa klub bilan muzokaralar olib bormoqchi ekanligini rasman e’lon qildi.

Mustafi mavsum yakunlangach, Germaniya klublaridan biri bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning yozida uning "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi kuchini yo‘qotadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:31, 28.10.2020.
O'qildi: 7045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик