Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Sergey Lushchan: «Jahongir Ahmadovning ilk daqiqadagi jarohati o‘yinimizga jiddiy ta’sir qildi»

Sergey Lushchan: «Jahongir Ahmadovning ilk daqiqadagi jarohati o‘yinimizga jiddiy ta’sir qildi»

Baho:
+ | -

Pro liga 14-turi doirasidagi «Dinamo» — «Sho‘rtan» (0:0) uchrashuvidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan o‘yin borasida to‘xtaldi.

— Sergey Ivanovich, «Dinamo» bugun bir ochko qo‘lga kiritdimi yoki 2 ochko yo‘qotdimi?
— Bugungi o‘yinimiz bilan bir ochkoni qo‘lga kiritdik, deb o‘ylayman. Ilk daqiqalardagi jarohat ta’sirimi bilmadim, o‘yinimiz negadir umuman o‘xshamadi. Ehtimol, raqib jamoa bizni yaxshi o‘rgangandir. Ayniqsa, «Sho‘rtan» 5 himoyachi bilan o‘ynab, qanotlarni yopib qo‘yganidan keyin hujumdagi ishlarimiz yurishmadi. O‘yin davomida ham hujumda yaxshi o‘ynay olmadik. Himoya o‘z ishini qildi, ammo hujumkorlikda qo‘limizdan deyarli hech narsa kelmadi. Bir ochko oldik, endi ertaga «Istiqlol» «Oqtepa»ga qarshi qanday o‘ynashini kutamiz.

— To‘plar nisbatiga ko‘ra «Dinamo»da farq katta...
— Meni hech narsa ajablantirmaydi. Ertangi «Oqtepa» — «Istiqlol» o‘yinida 7-8ta golli farqimiz yo‘qotilmasligiga umid qilaman. Ertaga «Oqtepa»ga muxlislik qilamiz.

— Jahongir Ahmadovning ilk daqiqadayoq jarohat olib, maydonni tark etgani o‘yinga qay daraja ta’sir qildi?
— Jiddiy ta’sir qildi. Birinchi daqiqadayoq yetakchi futbolchilarimizdan birini yo‘qotdik. Har bir jamoa raqibdan kelib chiqib o‘ynaydi. Bugun raqibimiz bizga o‘ynash imkonini bermadi. Shunga qaramay, vaziyatlar bo‘ldi, ammo yarimta imkoniyatdan ham gol urish uchun mahorat yetarlicha bo‘lishi kerak. Takrorlayman, hammasi ertaga Toshkentda bo‘ladigan «Oqtepa» — «Istiqlol» o‘yiniga bog‘liq. Shunga qaramay, keyingi bosqichda to‘p surish umidi bilan o‘z rejalarimizga egamiz.

Ma’lumot uchun, 4-o‘rindagi «Dinamo» 22 ochko bilan 5-o‘rindagi «Istiqlol»dan 3 ochko va gollar nisbatiga ko‘ra 6ta gol oldinda. «Istiqlol» 5-o‘rindagi «Oqtepa»ni safarda 7ta gol farqi bilan yuta olmasa, «Dinamo» to‘rtlikda qolib, Pro liga yakuniy bosqichiga yo‘llanma olib, Superliga uchun kurashishda davom etadi.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 20:18, 28.10.2020.
O'qildi: 2203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик