Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Pro liga. Derbida jangovar durang qayd etildi

Pro liga. Derbida jangovar durang qayd etildi

Baho:
+ | -

"Istiqlol" markaziy stadionida Pro liganing 14-tur bahsida Farg‘ona derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda "Neftchi" hamda "Turon" klublari kurash olib bordilar.

O‘yin boshlanishiga hech qancha vaqt o‘tmasdan, muxlislar tezkor golga guvoh bo‘lishdi.YAypanliklar jarima maydonimiz tashqarisida to‘pni tepadan oshirib berishganida,to‘pni mehmonlar futbolchisi Sunnatillo Ermatov chiroyli tarzda darvozamiz tomon yo‘llab, hisobni ochishga erishdi — 0:1. Ko‘p hollarda tezkor gol raqib jamoaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol. Bundan neftchilar ham istisno bo‘lishmadi shekilli, ularning birinchi bo‘lim oxirigacha uyushtirgan barcha hujumlari samarasiz yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz murabbiylar shtabi bir qator o‘zgartirishlarni amalga oshirishdi va maydonga tajribali futbolchilarimizdan Mansurjon Saidov, Islombek Karimov va Eldor Ergashev kirib kelishdi. Aytib o‘tish joizki,o‘yin surati ancha jonlanib,jamoamiz bir nechta xavfli hujumlarni yuzaga keltirdi. Ammo, yakuniy zarbalarga kelganda noaniqliklar taqib qilishda davom etdi va bir-ikkita vaziyatda omad ham yuz o‘girganini aytib o‘tish mumkin. Uchrashuv oxirlab borayotganda esa anchadan beri maydonda ko‘rinmagan iqtidorli futbolchimiz Sanjarbek Zokirov zaxiradan maydonga tushirildi. Bu paytga kelib bosh hakam o‘yinning asosiy qismiga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berdi. Buni qarangki,aynan 3-4 daqiqa maydonda harakat qilgan Sanjarbek chiroyli uyushtirilgan kombinasiyani gol bilan nishonlab, o‘yindagi muvozanatni tiklashga erishdi — 1:1.

Keskin va shiddatli kurashlarga boy o‘tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.

Pro liga, 14-tur
"Neftchi" - "Turon" - 1:1 (0:1)

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 21:04, 28.10.2020.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.