Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Yunayted»ga Chalhanoglu kerak

«Milan» jamoasi yarim himoyachisi Hoqon Chalhanoglu «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Turk futbolchisining shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, «Milan» unga yiliga 3 million yevrolik maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qilgan edi, biroq Hakan buni rad etdi. Agar o‘rtada shartnoma imzolanmasa, qishda yarim himoyachi istalgan jamoasi bilan muzokara olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» Chalhanogluga 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

«Real» va «Barsa» bepul futbolchiga tashlanmoqda

Myunhenning «Bavariya» jamoasi himoyachisi David Alaba faoliyatini Ispaniya grandlaridan birida davom ettirishi mumkin.

«Bild» nashrining ma’lum qilishicha, avstriyalik futbolchi «Bavariya» tomonidan taklif etilgan 3 ta shartnomani rad etgan va katta ehtimol bilan 2021 yilda erkin agent maqomini oladi.

Manbaning ma’lum qilishicha, himoyachi bilan «Real» va «Barselona» jamoalari jiddiy qiziqib qolgan va ular Alabaga yaxshiroq maosh ko‘rsatilgan shartnomalar taklif qilishmoqda.

Moysander ketadi

Bremenning «Verder» jamoasi himoyachisi Nikolas Moysander mavsum so‘nggida jamoasini almashtirmoqchi ekanligini rasman ma’lum qildi.

Moysander 4 yil avval «Sampdoria»dan «Verder»ga kelib qo‘shilgan va uzoq yillar davomida asosiy tarkib futbolchisi sifatida faoliyat olib borgan.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, u bilan bir nechta fransuz va Belgiya klublari jiddiy qiziqib qolgan. Shuningdek, Gollandiya jamoalaridan ham takliflar mavjud.

«Liverpul» Tyuramga qiziqib qoldi

Angliyaning «Liverpul» jamoasi «Borussiya M» hujumchisi Markus Tyuram bilan jiddiy qiziqib qoldi.

«Dona Balon» nashrining ma’lum qilishicha, «qizillar» 23 yoshli hujumchi bilan yozda shartnoma imzolashga qaror qilgan. Ayni damda, klub skautlarining uning o‘yinlarini muntazam tomosha qilib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tyuramning «Borussiya M» bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi. Uning «Real» darvozasiga ikkita gol urgani transfer summasining keskin ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Rovelli trendda

Italiyaning «Jenoa» jamoasi futbolchisi Nikola Rovelli faoliyatini grand klublardan birida davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, yarim himoyachi uchun kurashga »Inter« klubi ham qo‘shildi. Manbaning ma’lum qilishicha, »Yuventus« va »Inter" yanvar oyidayoq 18 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida rasmiy taklif jo‘natmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Rovella yangi mavsumda ikkita o‘yinda maydonga tushdi va o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:40, 29.10.2020.
O'qildi: 8712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.