Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘FA rahbariyati UYEFA konsultanti Rojer Meyxri bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati UYEFA konsultanti Rojer Meyxri bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor O‘zbekiston futbol assosiasiyasi UYEFA bilan o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mana shu hamkorlik doirasida UYEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida UYEFA vakili O‘zbekistondagi hududiy futbol assosiasiyalarining har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha o‘rganish, yurtimizdagi murabbiylar ish faoliyati va tajribasini tahlil qilish hamda tajriba almashish, texnik direktor lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talab va tavsiyalar bo‘yicha ma’lumot berish kabi vazifalarni maqsad qilgan.

Bugun kunning birinchi yarmida Rojer Meyxri O‘zbekiston futbol assosiasiyasida bo‘ldi. O‘FA rahbariyati bilan uchrashuvda O‘zbekistonda UYEFA bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar dasturi muhokama qilindi.

UYEFA konsultanti O‘zbekistonda deyarli 20 kun davomida mamlakatimizning barcha viloyatlarida bo‘lib, joylardagi futbol bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqish hamda o‘z xulosa va takliflarini taqdim etishni reja qilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:37, 29.10.2020.
O'qildi: 2456 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.