Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Jahon chempionatida porlashi kutilayotgan afrikalik darvozabonlar

Jahon chempionatida porlashi kutilayotgan afrikalik darvozabonlar

Baho:
+ | -

Afrika qit’asidan jahon futboliga bir qator iqtidorli va umidli futbolchilar yetishib chiqqan. Qora qit’a vakillari orasida bugungi kunda Yevropaning top klublari yetakchisi bo‘lib ulgurgan yulduzlarni topish qiyin ish emas. O‘z vaqtida yuqori cho‘qqilarni zabt etgan Rojer Milla, Samyuel Eto'o, Rabax Madjer, Nvankvo Kanu hamda Didye Drogbalar o‘rni bugungi kunda Muxammad Salax, Pyer-Emerik Obameyang, Sadio Mane, Kalidu Kulibali, Riyad Mahrez va shunga o‘xshash futbolchilar bilan to‘lmoqda. 

Shu bilan birga, ushbu qit’a nomdor darvozabonlar borasida ham yomon tarixga ega emas. Umuman olganda, ishonchli posbon masalasi ko‘tarilar ekan bu borada ko‘hna qit’a futbolida Afrikaga yetarlicha ehtiyoj tug‘ilayotgani bor gap. Buni amalga oshayotgan so‘nggi transferlar bozorida ham kuzatish mumkin.

Afrikada Jahon Chempionati saralash bosqichlari o‘tkazilishiga bir necha oy vaqt qolmoqda. FIFA.com portali yaqinlashib kelayotgan turnirlarda umidli deya tilga olingan hamda milliy terma jamoasining g‘alabalarida asosiy rolni ijro etishi kutilayotgan kiperlar ro‘yxatini e’lon qildi. Biz esa ularning ayrimlari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

1. Yassin Bunu (Marokash/"Sevilya")

29 yoshli mashhur darvozabon o‘zining professional faoliyatini mamlakatining eng bayroqdor klubi - "Vidad"da boshlaydi. Dastlabki o‘yinlaridanoq ishonchli taassurot qoldirgani sababli uni bir vaqtlar klubning afsonaviy posboni Nodir Lamyaxriga qiyoslaganliklarini eshitgansiz, albatta. Yassinning "Vidad"dagi faoliyati unchalik ham omadli chiqmagan, nisbatan qisqaroq yakunlangan. U asosan, ko‘pchilikka Ispaniya yashil maydonlari orqali ko‘rinish bergan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, "Atletiko" safidagi seyvlari orqali katta futbolga tanila boshlagan. Bunga qaysidir ma’noda albatta, klubning asosiy posboni Tibo Kurtuaning parallel ravishda "Chelsi"ga ko‘chib o‘tganligi ham sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Lekin marokashlik futbolchidan ko‘ngli to‘lmayotgan "matraschilar" shtabi uni "Real Saragosa"ga bir yil muddatli ijara asosida berib yuborishadi. Keyinchalik, 4 yil davomida "Jirona" safida ham o‘ynab ko‘rdi. Lekin Bununing darvoza postidagi ishonchli harakatlari klubning pastki divizionga tushib ketishi bilan butunlay nomutanosib edi. Natijada mehnati unchalik ham qadrlanmagan posbonga "Sevilya" o‘z tarkibidan joy beradi. Bir yillik ijara davri mobaynidagi ishonchli o‘yinlaridan so‘ng u andalusiyaliklarning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Qiyinchiliklar girdobida o‘sgan Bunu bugun "Sevilya"ning ajralmas futbolchisi bo‘lib ulgurgan. Marokashlik posbonning mahoratiga hech kim ortiqcha shubha bilan qaramasa kerak. U saqlab turgan yuqori balansni his qilish uchun birgina Yevropa Ligasi bosh sovrini yo‘lida amalga oshirgan seyvlarini eslashning o‘zigina kifoya deb o‘ylaymiz. Yassin "Sevilya" bilan yaqinda 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. O‘zining uzoq yillik kelajagini hozirgi klubida ko‘rayotgan futbolchi terma jamoadagi mavqeyini mustahkamlab olishi uchun Gvineya, Gvineya-Bissau hamda Sudanga qarshi bahslarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib oladi.

2. Muxammad el-SHenavi (Misr/"Al-Ahli", Qohira)

Shenavi nomi ko‘pchilik futbol ishqibozlari uchun biroz notanish eshitilishi tabiiy hol. Chunki uning milliy terma jamoa safidagi debyuti atigi 2 yil oldin amalga oshgan. 1988-yilda tavallud topgan kiper uchun aslida bu anchayin kech hisoblanadi. Albatta, bunga asosiy sabab qilib yaqin yillargacha ham Misrda ushbu ampula bo‘yicha jiddiy raqobat kechganligini aytib o‘tish mumkin. Termaning uzoq yillik posboni Al Haydari 22 yil davomida o‘z postini ishonchli tarzda qo‘riqlab kela oldi hamda rekord ko‘rsatkich 159 ta uchrashuvda maydonga tushib ulgurdi. Endi "firavnlar" yurti vakillari darvoza chizig‘i bo‘yicha ortiq xavotirga tushmasalar ham bo‘laveradi. Terma jamoa safidagi o‘yin amaliyoti ancha kamligiga qaramay, Shenavi o‘yindan o‘yinga o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Zero, ilk uchrashuvlardanoq, o‘sha paytdagi bosh murabbiy Ektor Kuper ishonchini oqlay boshlagan Muhammad debyut mavsumini anchayin yaxshi kayfiyatda o‘tkazdi. Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda Misrning Urugvayga qarshi kechgan bahsi garchi termaning 0-1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan bo‘lsa-da Shenavi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Albatta, bu yerda uzoq yillik tanaffusdan so‘ng mundial chiptasiga ega chiqqan Misrning musobaqa bilan erta xayrlashuvida ushbu kiperning aybini topish mushkul. Shenaviga asosiy tarkibdan joy berilgan bahslarda u maksimal darajada o‘zini ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Misr termasi oxirgi o‘nta uchrashuvdan beri hali mag‘lubiyat nimaligini bilmay keladi. Ushbu natijalarda Muhammadning ulushini yetarlicha baholash mumkin. Yakuniga yetgan 10 bahsning 6 tasida "quruq o‘yin" namoyish etgan ushbu posbonni yarim jamoalik mas’uliyatini yetarlicha his etyapti deb bemalol aytsak ham bo‘laveradi. Muhammadning klubi bilan ham qayd etayotgan natijalari anchayin salmoqli. Al-Ahli bilan u ketma-ket 3 marta Misr Premyer-Ligasi g‘olibligiga erishdi. Bundan tashqari uning ajoyib seyvlari evaziga jamoa mamlakat kubogi va super kubogini ham qo‘lga kiritgani tahsinga sazovor. Muhammad Al Shenavining sport formasi bundan keyin ham mana shunday stabil ko‘rinishda davom etadigan bo‘lsa, Misr raqiblariga yaqinlashayotgan JCH da qiyin bo‘lishi turgan gap. Buning uchun u va jamoadoshi Muhammad Salah saralash bahslarida Gabon, Liviya hamda Angola to‘sig‘idan munosib o‘ta olishlari talab etiladi.

3. Eduar Mendi (Senegal/"Chelsi")

Yakuniga yetgan yozgi transferlar bozorida London klubi ancha faol tarzda ishtirok etdi. "Aristokratlar" 7 futbolchi xaridi uchun jami 247 million funt sarflashlariga to‘g‘ri keldi. Albatta, klubga bu borada qo‘yilgan "ban" olib olib tashlanganidan so‘ng Lempard bu kabi katta o‘zgarishlarga qo‘l urishi kutilgan holat edi. Garchi "Chelsi" yakuniga yetgan mavsumda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, klubda darvozabon muammosi dolzarbligicha qolaverdi. Asosiy posbon Kepaning ketma-ket davom etgan muvaffaqiyatsiz o‘yinlaridan so‘ng, londonliklar baribir kerakli transferni amalga oshirishga majbur bo‘ldilar - "Renn"dan Eduar Mendi katta summa evaziga Angliyaga ko‘chib o‘tdi. 24 millionlik ushbu xarid o‘zini oqlashiga, futbolchining "Stemford Bridj"ga to‘la moslashib olishi uchun biroz vaqt talab etiladi, to‘g‘ri. Lekin bu uning Fransiyada ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlariga monelik qila olmaydi. Eduar "Renn"ga o‘tgan mavsum kelib qo‘shilganidan xabardorsiz. Bir yil ichida u klubi uchun o‘zi xohlagan o‘yinni namoyish etgani holda bosh murabbiy hamda muxlislari ishonchini oqladi deb bemalol ayta olamiz. Fransiya birinchi divizionida 24 ta uchrashuvda maydonga tushgan senegallik posbon 9 martalik "quruq seriya"ni qayd etdi. Gol o‘tkazib yuborish ko‘rsatkichi borasidagi pragnozlarni ham mavsum debyutanti uchun super darajada deb ayta olamiz - 0,98%. Ma’lumot uchun, ushbu natija Ligadagi eng yuqori koeffisiyentlar ichida ikkinchisi hisoblanadi. Buning ustiga u terma jamoa safidagi o‘rnini ham mustahkam ko‘rinishga keltirib qo‘ygan. 2 yildan beri Senegal darvozasini qo‘riqlab kelayotgan kiper uchun hali shaxsiy yutuqlar oldinda. O‘tgan yilgi Afrika Millatlar Ligasini Eduar yuqori kayfiyatda o‘tkazdi, lekin titulga ega chiqish uchun unga biroz omad yetishmadi. Barmog‘idan olgan jarohati so‘nggi pallalarda pand berib qo‘ydi. Shunga qaramasdan nafaqat milliy terma jamoa, balki "Chelsi"ga ham hali Mendining seyvlari anchagacha asqotsa kerak. Har qalay mamlakat miqyosidagi, shuningdek, xalqaro maydondagi muhim bahslarda jamoasini qutqarishi uchun unga asosiy tarkibdan imkon berilishiga ishonamiz. Barchasi o‘zining qo‘lida. Dunyodagi eng qimmat darvozabonning o‘rniga uni tanlashgan ekan, buyog‘iga Mendidan har bir o‘yinda yirik natijalar talab qilishga muxlislar va Lempardning haqqi bor deb o‘ylaymiz. Buning uchun unda barcha imkoniyatlar to‘g‘ri taqsimlangan. Tarkibida Manedek iqtidor harakat qiluvchi jamoadan Qatarda kamida guruh bosqichidan chiqish kutilmoqda. Faqat ungacha Kongo, Nambiya hamda Togo to‘sig‘idan o‘tib olishsa bo‘lgani.

4.Andre Onana (Kamerun/"Ayaks")

Qolgan darvozabonlar orasida ham bizningcha eng nomdorrog‘i aynan Andre bo‘lsa kerak. Klubida ko‘rsatayotgan fantastik o‘yinlari evaziga u o‘zining muxlislari auditoriyasini ancha kengaytirib bormoqda, ayniqsa, bir yil oldingi natijalari tahsinga sazovor. Garchi endigina 24 yoshni qarshi olgan bo‘lsa-da, kamerunlik iqtidor egasida tug‘ma qobiliyat bilan mehnat unumdorligi mukammal darajaga chiqib ulgurgan. Chunki uning yuqori sport formasiga chiqib borishida tizimli va tartibli muhit yaratilganligini alohida ta’kidlash joiz. O‘z vatandoshi Eto'o izidan borgan yigitcha La Masiyaning o‘z vaqtida yosh va umidli a’zosi edi. Lekin asosiy tarkibda vujudga kelgan kuchli raqobat sabab u Kataloniyani erta tark etishiga to‘g‘ri keldi. Professional faoliyatidagi debyutini "Ayaks"da boshlagan Onanaga keyinchalik bu yer o‘z imkoniyatlarini keng ko‘lamda namoyon etish uchun eng maqbul joy bo‘lib chiqdi. Asosiy mashhurlik pog‘onalariga esa amsterdamliklarning birinchi posboni Silessen klubdan ketgach erishadi. Darhaqiqat, uning klub miqyosidagi ishlariga unchalik yomon baho bermagan bo‘lar edik. 2020-yildagi faoliyatini koronavirus oqibatlari bilan bir chetga surib qo‘ysak ham ungacha bo‘lgan mavsumlarda Onana bir lahzaga bo‘lsa-da mehnat qilishdan to‘xtagani yo‘q. Bularning natijasi o‘laroq, munosib taqdirlanganligini ham e’tirof etish joiz: Kamerunda yil futbolchisi, qit’aning eng yaxshi darvozaboni, shuningdek erediviziyada yil ramziy jamoasi a’zosi, yakuniga yetgan qit’a chempionatida esa eng yaxshi kiper - bular Onananing ikki yil davomida qo‘lga kiritgan barcha individual sovrinlari. Buning ustiga ikki yil oldingi mavsumda "Ayaks"ning YECHL yarim finaligacha yetib borgan yo‘lini bevosita kamerunlik posbon xizmatlari bilan bog‘lashimiz ham mumkin. Shunday ekan, Nkanu, Bell eralaridan keyin Kamerunni bemalol ishonchli posbonga yolchidi deb ayta olamiz. Yosh kiper o‘z Vatani libosiga ayricha mehr qo‘ygan. "Haqiqiy uying - bu yuraging zarbini eshita oladigan maskaning", - deya ta’kidlab o‘tib ketgan bir intervyusida u. Darhaqiqat, Onana Qatarda o‘zini ko‘rsatishi uchun unda barcha imkoniyatlar yetarli. Muhimi, o‘z ustida jiddiy ishlashda davom etsa bo‘lgani. Hozir termadagi asosiy yulduz aynan uning o‘zi ekanini hisobga olsak, bu yo‘lda butun jamoa mas’uliyatini o‘z bo‘yniga olgan Andre navbatdagi uchrashuvlarda Kot-d'Ivuar, Mozambik hamda Mali hujumchilarini sinovdan o‘tkazib ko‘radi.

Yusufbek tayyorladi.

Manba: FIFA.com
Kiritildi: 21:14, 29.10.2020.
O'qildi: 3866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.