Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Diyor Imomxo‘jayev: Ba’zi viloyatlar futboli nega doim muammolar girdobida?

Diyor Imomxo‘jayev: Ba’zi viloyatlar futboli nega doim muammolar girdobida?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ajoyib formula bor, klubni "texnichno" xususiylashtirib olasiz. Muxlislar buning tagiga hech qachon yeta olmaydi. Keyin esa hokimiyatni otamiz, qandaydir mashina zavodini onamiz deysiz. Barcha uchun viloyat futbolini ko‘tarish yo‘lida harakat qilayotgandek ko‘rinasiz. Aslida esa sizning tomorqangizga suvni viloyat hokimiyati yetkazib turishi, boshqa bir korxona esa ekinlarga chiqim qilib turishi shart.  Yoningizga ovozi balandroq bir-ikki muxlisni qo‘shib olsangiz, ular sizni sovut kabi himoya qiladi. Olamga jar solayotganda viloyatimiz futboli deb gapiradi, kimningdir firmasi deb emas.

Aslida xususiy klub faqatgina uning egalari tomonidan moliyalashtirilishi kerak. Bu yerda klub vakillari o‘z junini davlat juni bilan aralashtirishi kerak emas. Misol uchun "Oqtepa" yoki "Turon" klubi katta klublar oldida juda kamtar. Ammo ular davlatdan tiyin ham olmaydi. Afsuski, o‘z yonidan chiqim qilayotganlar doimo davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan katta akulalar oyog‘i ostida qolib ketaveradi.

Mana shu fikrlarning o‘ziyoq klublarni xususiylashtirish nechog‘li muhim ekanini ko‘rsatadi. Chunki qayerda davlatning puli bo‘lsa, o‘sha joyda albatta unga ega chiqishni istaydigan odamlar bo‘ladi. Qaysidir klub bugunga kelib tahminan 4 milliard qarzdorlikka ega. Albatta klub egalari ushbu qarzlarni kimdir bo‘yniga olishini, hammasi tekis bo‘lishini istaydi. Biroq bu bilan muammo hal etilmaydi. OFK bejizga yilda ikki marta audit tekshiruvi talabini qo‘ymaydi.  

Va yana bir masala, chindan ham viloyat futboli rivoji uchun harakat qilganlar o‘sha makonda yaxshi bir baza qurmoqchi bo‘ladi, o‘sha viloyatning iqtidorli yoshlari sochilib ketmasligi uchun akademiya haqida o‘ylaydi. Agar xususiy klub davlatdan, davlat ulushi bor korxonadan pul olib, evaziga bir necha yuz millionlar turadigan futbolchilar bilan shartnomalar tuzayotgan bo‘lsa, shuning o‘ziyoq shubhalanishga arziydi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:30, 30.10.2020.
O'qildi: 2644 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.