Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Pro liga. Elita uchun kurashuvchi jamoalarning keyingi taqvimi ma’lum

Pro liga. Elita uchun kurashuvchi jamoalarning keyingi taqvimi ma’lum

Baho:
+ | -

Kecha — 29 oktyabr kuni Coca Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiruvchi Pro liganing to‘rt klubi nomi aniq bo‘ldi: “Neftchi”, “Sho‘rtan”, “Turon”, “Dinamo”. 

O‘zPFL kecha oqshom mazkur to‘rt klub vakillari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi va taqvim borasida klublar takliflari bilan qiziqdi. E’tibor qaratilsa, mazkur to‘rt klubning ikkitasi Farg‘onada va yana ikkitasi bir-biriga nisbatan yaqinroq bo‘lgan Samarqand hamda G‘uzorda joylashgan. 

Shundan kelib chiqib, voha jamoalari vodiyga bir borishda ketma-ket ikki uchrashuvni o‘tkazib kelishi, shuningdek, vodiy jamoalari ham bir safar davomida vohada ikki o‘yinda ishtirok etishi moliyaviy tomondan yengilroq variant deb topildi. Bu nafaqat mablag‘ni, balki vaqtni ham nisbatan iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, translyasiya masalasida ham yengilliklar yaratadi. 

Mazkur taklifdan kelib chiqib, qur’a tashlash marosimi onlayn tashkil etildi. Bunda avvaliga I davra uchrashuvlari vohada bo‘lib o‘tadimi yoki vodiyda masalasiga oydinlik kiritib olindi. 

Keyin esa raqiblar ketma-ketligi aniqlab olindi. Bunda har ikki davraning dastlabki ikki turida jamoalardan biri translyasiya masalasidan kelib chiqib, tiklanish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lardi. Aynan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lgan klub ko‘p narsaga oydinlik kiritib berishi kerak bo‘lgan so‘nggi turni mehmonda o‘tkazishi, tiklanish uchun kamroq vaqtga ega bo‘lgan klub esa so‘nggi turni o‘z uyida o‘tkazishiga avvaldan kelishilgandi. Qur’a bu masalaga ham oydinlik kiritdi.

Quyida noyabr oyidagi o‘yinlar taqvimi bilan tanishib olishingiz mumkin. Musobaqaning tezroq tugashi shuning uchun ham kerakki, Pro liganing ikki jamoasi keyinroq O‘zbekiston Coca Cola kubogida ishtirok etadi. 

Ma’lumot uchun, Pro liganing jon saqlab qolish yo‘lida kurash olib boradigan jamoalarining keyingi taqvimi ertaga ishlab chiqiladi. Buning uchun bugun bo‘lib o‘tadigan “Xorazm” — “Zomin” uchrashuvi o‘tkazib olinishi hamda uning vakillari O‘zPFL bilan onlayn yig‘ilishda ishtirok etishi kerak bo‘ladi. 

15-tur

5 noyabr, payshanba

DINAMO — TURON 


6 noyabr, juma 

SHO‘RTAN — NEFTCHI


16-tur

9 noyabr, dushanba

SHO‘RTAN — TURON 


10 noyabr, seshanba 

DINAMO — NEFTCHI 


17-tur

14 noyabr, shanba

DINAMO — SHO‘RTAN 


15 noyabr, yakshanba

TURON — NEFTCHI 


18-tur 
19 noyabr, payshanba

TURON — DINAMO


20 noyabr, juma

NEFTCHI — SHO‘RTAN


19-tur

23 noyabr, dushanba

NEFTCHI — DINAMO 


24 noyabr, seshanba

TURON — SHO‘RTAN 


20-tur

29 noyabr, yakshanba

NEFTCHI — TURON 

SHO‘RTAN — DINAMO

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:04, 30.10.2020.
O'qildi: 2691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.