Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

«Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi»: debyutantning «parvozi» tugadi, bosh sovrin «Xalq banki»ga nasib etdi

«Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi»: debyutantning «parvozi» tugadi, bosh sovrin «Xalq banki»ga nasib etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qariyb o‘n kun davomida «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlari millionlar o‘yini bo‘lmish futbol ixlosmandlari bilan gavjum bo‘ldi. 22-30 oktyabr kunlari bu yerda futbol bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona-tashkilotlar xodimlari o‘rtasida «Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqalari o‘tkazildi.

Hayajonli lahzalar, qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa bugun o‘z poyoniga yetdi. Hal qiluvchi bahsda «Xalq banki» hamda Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko‘rsatish markazi DUK jamoalari to‘qnash kelishdi.

Agar «Xalq banki» jamoasi bu kabi musobaqalarda qatnashishning yaxshigina hadisini olgan bo‘lsa, Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko‘rsatish markazi DUK xodimlari ilk bora mana shunday musobaqalarda ishtirok etishayotgandi. Shunga qaramay debyutant finalgacha bo‘lgan yo‘lni sharaf bilan bosib o‘tdi. Bu yo‘lda ular Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zstandart agentligi, «Mikrokredit bank» ATB va nihoyat yarim finalda Davlat bojxona qo‘mitasini ayab o‘tirmadi. Biroq, finaldagi raqib har qachongidan jiddiy edi.

Garchi o‘yin deyarli tengkurashlar ostida o‘tgan bo‘lsada, yakunda «Xalq banki» jamoasi yirik – 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Bunga sabab, bankirlar yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishgan bo‘lsa, musobaqa debyutantlari – Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko‘rsatish markazi DUK jamoasi ko‘plab qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurdi.

Uchrashuv yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Musobaqa g‘olibiga bosh sovrin – ko‘chma kubokni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Sayfiddinovich Ermatov tantanali sur’atda topshirdi.

Nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar:

«Eng yaxshi darvozabon» – Bahodir Mansurov (Davlat bojxona qo‘mitasi)

«Eng yaxshi himoyachi» – Ma’mur Sultonov (O‘zbekiston futbol assosiasiyasi)

«Eng yaxshi to‘purar» – Sunnatillo Toshpo‘latov (14ta gol, Davlat bojxona qo‘mitasi)

«Eng yaxshi ishtirokchi» – Najmiddin Hikmatullayev («Sharq» nashriyoti DUK)

«Eng yaxshi volontyor» – Yulduz Nosirova

3-o‘rin – Davlat bojxona qo‘mitasi

2-o‘rin – Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko‘rsatish markazi DUK

1-o‘rin – «Xalq banki»

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Kiritildi: 21:38, 30.10.2020.
O'qildi: 2011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.